|
-bob. Reyestrdagi ma’lumotlarni taqdim qilish
|
bet | 5/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 355,84 Kb. | | #156263 |
Bog'liq 291 сонли карор 19,05,2020й5-bob. Reyestrdagi ma’lumotlarni taqdim qilish
22. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi murojaatlar asosida Reyestrdan ko‘chirmalar berish yo‘li bilan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir va axborotni himoya qilish bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga Reyestrdan ma’lumotlarni taqdim etadi.
23. Reyestrdan ko‘chirma berish yoki uni bermaslikni asoslantirilgan holda rad etish murojaat kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni davomida amalga oshiriladi.
6-bob. XIChOni tekshiruvdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lardan foydalanish tartibi
24. XIChOni tekshiruvdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga o‘tkaziladi.
25. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hollarda o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilmaydi.
26. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga tushgan mablag‘lar qoldig‘i moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha olib qo‘yilmaydi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Reyestrga kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va ularning o‘z vaqtida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishi uchun javobgarlik XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
28. Ekspert tashkilotlari Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilayotgan ma’lumotlar va xulosalarning haqqoniyligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
29. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklatilgan vazifa va funksiyalar doirasida XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlarini hamda ekspert tashkilotlarini ushbu Nizom talablarini buzganligi yoki bila turib XIChO to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni va xulosalarni taqdim etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.
30. Ushbu Nizom talablariga rioya etilmaganligi uchun XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
|
| |