-bob. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish




Download 355,84 Kb.
bet8/9
Sana14.02.2024
Hajmi355,84 Kb.
#156263
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
291 сонли карор 19,05,2020й

2-bob. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish
10. XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda sanoat xavfsizligini ta’minlashning barcha elementlari va jihatlari ishlab chiqarish nazorati xizmati tomonidan doimiy va muntazam o‘tkaziladigan tekshiruvlarning predmeti xisoblanadi.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli bo‘limlar va xizmatlarni jalb etgan holda ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasiga muvofiq davriy maqsadli va kompleks tekshiruvlar yo‘li bilan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasi hamda maqsadli va kompleks tekshiruvlar jadvali XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
11. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish rejasi quydagilarni o‘z ichiga oladi:
tekshirilishi zarur bo‘lgan faoliyat turlari va sohalari;
malakasi va tajribasi hisobga olingan holda tekshiruv o‘tkazish uchun mas’ul xodimlar ro‘yxati;
tekshiruv o‘tkazish sabablari.
Bundan tashqari tekshirish rejasi, qoida tariqasida, tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalar va tavsiyalarni taqdim etish tartib-taomilini o‘z ichiga oladi.
12. XIChOdan foydalanuvchi tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari (xizmatlari)ni tekshirish quydagilarni qamrab olishi mumkin:
XIChOning tashkiliy tuzilmasi;
ma’muriy va ish tartib-taomillari;
moddiy va inson resurslari, uskunalar;
ish uchastkalari, operatsiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari;
hujjatlar, hisobotlar, ishlab chiqarish nazorati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va saqlash tartibi.
Tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxslar tekshirilayotgan faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
13. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv natijalari, ishlab chiqarish nazorati xizmatining xulosasi va tavsiyalari XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyatiga tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma shaklida ko‘rib chiqish uchun taqdim etaladi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma ishlab chiqarish nazorati xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tekshirilgan ish joylari uchun mas’ul rahbarlarga yetkazilishi kerak.
Zarur hollarda tashkilot tomonidan tekshiruv natijalari yuzasidan aniqlangan sanoat xavfsizligi talablari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
14. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnomada:
sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqlar yoki ulardan chetga chiqishning qisqacha tavsifi;
aniq normalar va qoidalar buzilishiga havola;
sanoat xavfsizligi talablarining buzilishi, ularga nomuvofiqlilar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish choralari va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
15. Tekshiruv natijalari XIChOdan foydalanuvchi tashkilot mutaxassislari va rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqliklar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak.
Chora-tadbirlar sanoat xavfsizligi talablaridan chetga chiqishning oldini olishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilishni, sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqlilar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish uchun mas’ul shaxslarni belgilashni hamda ularni bartaraf etish muddatlarini o‘z ichiga oladi.
Chora-tadbirlar amalga oshirilgandan keyin ishlab chiqarish nazorati xizmatiga qoida buzilishlarining bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi.
16. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati ishlab chiqarish nazorati natijalarining mustaqil tahlil qilinishi hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishining xolisona baholanishini ta’minlashi kerak. Bunday tahlil va baholash XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati tarkibidagi shaxslar yoki foydalanuvchi tashkilot rahbariyati tomonidan jalb etilgan vakolatli mustaqil mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
17. O‘tkazilgan tahlil:
XIChOdan foydalanuvchi tashkilotning barcha tarkibiy bo‘linmalari (hizmatlari) tomonidan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish natijalarini;
sanoat xavfsizligining umumiy boshqaruvi samaradorligini baholashni;
ishlab chiqarish faoliyati va ishlarning tabiiy, texnogen va ijtimoiy shart-sharoitlardagi o‘zgarishlarga muvofiq ishlab chiqarish nazorati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

Download 355,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 355,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish

Download 355,84 Kb.