• 2-bob. Reyestrda hisobga olinadigan XIChO
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




    Download 355,84 Kb.
    bet2/9
    Sana14.02.2024
    Hajmi355,84 Kb.
    #156263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    291 сонли карор 19,05,2020й

    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 19-may,
    291-son
    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 291-son qaroriga
    1-ILOVA
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida
    NIZOM
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrini yuritish xavfli ishlab chiqarish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish, sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarining ta’minlanishi monitoringini olib borish, shuningdek, ro‘yxatga olingan xavfli ishlab chiqarish obyektlari va ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risida tizimli axborotni to‘plash, tahlil qilish va saqlash maqsadida amalga oshiriladi.
    2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
    xavfli ishlab chiqarish obyekti (keyingi o‘rinlarda — XIChO) — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
    xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — XIChO va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risida qog‘oz va elektron shakllardagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi yagona axborot ma’lumotlar bazasi;
    XIChOdan foydalanuvchi tashkilot — mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar hususiy mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida unga tegishli bo‘lgan XIChOdan foydalanuvchi tashkilot;
    ekspert tashkiloti — sanoat xavfsizligini qonun hujjatlariga muvofiq ekspertizadan o‘tkazadigan va belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot.
    2-bob. Reyestrda hisobga olinadigan XIChO
    3. Belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda identifikatsiyalashdan o‘tgan XIChO Reyestrda majburiy hisobga olinadi.
    Ijaraga olingan XIChO ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilot — ijaraga oluvchi tarkibida hisobga olinadi.
    4. Foydalanishga qabul qilingan XIChO foydalanishga qabul qilingan sanadan o‘ttiz kundan kechiktirmasdan indentifikatsiyalanadi. Identifikatsiyalashdan o‘tkazilgan XIChO ularni identifikatsiyalash sanasidan o‘ttiz kundan kechiktirmasdan hisobga olinishi shart.

    Download 355,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 355,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

    Download 355,84 Kb.