|
Temurbeklar maktabi
|
bet | 114/151 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 5,41 Mb. | | #13872 |
Uchinchi bosqich, 70-yillarda – yoshlar siyosatida demokratik qadriyatlarning qaror topishini o‘zida mujassam etgan bosqichdir. Bu bosqichda “Yoshlar - davlat va jamiyatning asosiy umidi"ga aylana boshlagan. Yoshlarning turli guruhlari uchun davlat tomonidan ko‘rsatiladigan kengaytirilgan infratuzilma xizmatlari paydo bo‘la boshlagan. Yoshlar nafaqat siyosatning obyekti, balki faol subyektiga aylana boshlagan.
To‘rtinchi bosqich, 80-yillarning boshi 90-yillarning o‘rtalarida yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini baholovchi “yoshlar -bu shunchaki yoshlar-da” degan yakuniy demokratik yondashuv shakllanganbosqichdir. Bu paytda fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi davlatni yoshlar siyosatining yo‘naltiruvchiligidan ancha chetlashtirdi. Yoshlarning o‘zi mazkur siyosatni shakllantirib, amalga oshira boshlashdi. Mazkur bosqichda davlat va nodavlat ijtimoiy xizmatlarining maqsadi nafaqat “uyushmagan yoshlar”ga, balki birinchi navbatda faol mehnat, o‘qish va professional mahoratga yo‘naltirilgan yoshlarga qaratilishi belgilandi.
|
| |