to‘rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va ma’naviy qobiliyati, yetakchilik ko‘nikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni o‘z ustida muntazam ishlash, sog‘lom hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. Ushbu bosqichda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi:
–yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, ota-ona va Vataniga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashning ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvur va bilimlarni yanada boyitish;
–Vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lish va Qurolli Kuchlar safida xizmat burchini o‘tayotgan yoshlar bilan faxrlanish, konstitutsion burch va harbiy qasamyodga sodiqlik tuyg‘ularini shakllantirish;
–harbiy xizmat sharoitlariga moslashish va harbiy ixtisosliklarni puxta egallash, har qanday qiyinchilikka tayyor turish, matonat va jasorat fazilatlarini mustahkamlash, qurol-aslaha, harbiy texnika, davlat va harbiy mulkni asrab-avaylash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
–jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, harbiy jamoada qaror topgan o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish;
–yoshlarning o‘z tanlagan kasbini puxta egallashi va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaqindan ko‘maklashish;
–kitobxonlikni keng targ‘ib etish, jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishda badiiy asarlarning roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;
–milliy mafkuramizga zid bo‘lgan yot g‘oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni, o‘ziga ishonch, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash;
–yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va o‘zining mustaqil fikr-mulohazalarini aniq bayon eta olish, mas’uliyatni his etish, qat’iy tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarini shakllantirish, ularni qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatish.
Konsepsiyada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasidagi samaradorlik darajasini aniqlashning muhim sharti yoshlarda vatanparvarlik, harbiy burch, jangovar an’analarga sodiqlik kabi xislatlarning real holatda yanada rivojlanishi va takomillashuviga ijobiy ta’sir etadigan omillarni muntazam ravishda hisobga olib, tahlil etib borishdan iboratdir.
O‘ylaymizki, ushbu Konsepsiya “Temurbeklar maktab”lari uchun va milliy armiyamiz saflarini, raqobatbardosh, kreativ o‘ylaydigan, zamonaviy bilim va professional malakaga, mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi, chunki mamlakatimiz uchun kechiktirib bo‘lmaydigan va tezkor ravishda hal qilinadigan vazifalar ichida “Yoshlarning turli diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushishi kabi xalqimizga xos bo‘lmagan achchiq va noxush masalalarni bartaraf etilishi bilan bog‘liq”1.
|