YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SHARQ VA G‘ARB XALQLARI MA’NAVIYATINING TARIXIY AHAMIYATI




Download 5,41 Mb.
bet130/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151
YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SHARQ VA G‘ARB XALQLARI MA’NAVIYATINING TARIXIY AHAMIYATI
Shakirova N.A.– O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” o‘qituvchisi
Jamiyat doimo rivojlanib, taraqqiy etib boradigan ijtimoiy muhit bo‘lish bilan birga uning ustuvor hayotida ma’naviyat doimo yetakchi o‘rinni egallagan. O‘zbekiston ham tarixiy taraqqiyot jarayonida ma’naviyat sohasida dunyo e’tirof etgan mamlakat bo‘lish bilan birga xalqimizning boy ma’naviy merosi dunyo xalqlarini o‘ziga jalb etmoqda.

Tamaddun deb atalgan rivojlanish jarayoni turli sohalar singari ma’naviy va madaniy jamiyat hayotiga chuqur singib borar ekan, u inson kamolotini belgilab beradigan muhim omillardan biriga aylanib bordi. Mamlakatimizda yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor berilishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni bilimli, kelajakda o‘z yurti istiqboli yo‘lida qayg‘uradigan inson bo‘lishiga qaratilgan. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Ma’naviyat asoslari” fanning o‘qitilishi ham yuqoridagi ulug‘ maqsadga qaratilganligi fikrimizni tasdiqlaydi.

Sharq allomalaridan ibn Xaldun (1332-1406) o‘z davrida Sharqda birinchi bo‘lib, tamaddunlarning yuzaga kelishi, ularning rivojlanib, o‘zining yuqori bosqichiga chiqishi va tanazzuli haqida ilmiy ravishda asoslab berilgan g‘oyalarni ilgari suradi. U tamaddunlar haqida fikr yuritar ekan, turli mintaqalarda madaniyatlar va davlatlarning paydo bo‘lishi, ularni rivojlanib yuksalib borishi, jamiyatdagi o‘zgarishlarga ta’siri va inqirozga uchrashi tarixiy qonuniyat ekanligi haqida yozib qoldirgan.1

Sharqda, xususan O‘rta Osiyoda “Oltin davr” deb atalgan IX – XII asrlarda mintaqa tamadduni o‘zining eng yuqori bosqichiga chiqdi, bu davrlarda mintaqa xalqlari iqtisodiy, siyosiy ijtimoiy, ma’naviy, madaniy, ma’rifiy hayotda barchaga o‘rnak bo‘ladigan darajadagi yutuqlarga erishdilar.2

Sharqdagi buyuk allomalarning asarlarini G‘arb xalqlari tillariga tarjima qilinib kelinganligi, bu mintaqa allomalarining ilmiy fikrlarini o‘rganishga katta e’tibor qaratilganligi buni asoslab beradi.

G‘arb mamlakatlarida “Sharqning Aristoteli”deb tan olingan Abu Nasr Forobiyning asarlari ko‘plab tillariga tarjima qilinganligi va bugungi kunda ham qiziqib o‘rganib kelinayotganligi bunga misol bo‘la oladi.

Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, al- Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy singari allomalarning ilmiy meroslarini o‘rganishga katta e’tibor qaratilganligi Sharq tamadduni G‘arb taraqqiyotiga qanday katta ta’sir ko‘rsatganligini asoslab beradi.

Jahon ilm-fan, madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan Sharq tamaddunini ikki davrga bo‘lib o‘rganish mumkin, mintaqa xalqlarini ilmiy, madaniy, ma’naviy hayotidagi uyg‘onish davri, ya’ni Sharq renessansini birinchi davri O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan davrlarini o‘z ichiga olgan. Uyg‘onish davrining birinchi bosqichi Imom al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino kabi allomalar, astranom al-Farg‘oniy Buxoro tarixchisi Narshaxiy, mutafakkirlar Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar nomlari bilan bog‘liq.

O‘rta Osiyodagi ilk uyg‘onish davrini o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat va ular o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

1. Insoniyat tarixining madaniy hayotidagi erishilgan yutuqlarini, shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayoti rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan, qadimgi Yunoniston, Hindiston, Xitoy me’rosini mukammal o‘rganish va uni yanada boyitgan holda ijodiy rivojlantirish.

2. Atrof olamni, borliqni, tabiatni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni va intilishni ortishi va tabiiy fanlar taraqqiyoti. Ushbu fanlarda erishilgan yutuqlar keyingi davrlarda G‘arbda ilm-fan taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.


Download 5,41 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SHARQ VA G‘ARB XALQLARI MA’NAVIYATINING TARIXIY AHAMIYATI

Download 5,41 Mb.