|
Temurbeklar maktabi
|
bet | 133/151 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 5,41 Mb. | | #13872 |
Shavkat Mirziyoyev
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda yurtimizda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ayniqsa, yoshlarni ona-Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va ehtirom, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarimizning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi intilishlarini bugun barcha jabhalarda va har bir sohada ko‘rishimiz mumkin.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda bugungi anjumanda tanlangan mavzu o‘zining dolzarbligi bilan katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu mavzuga tayyorgarlik ko‘rish va maqola-tezisini tayyorlash jarayonida ayrim arxiv manbalariga, o‘quv, badiiy va tarixiy adabiyotlar, olimlar, doktorantlar va magistrlar tomonidan yozilgan dissertatsiya tadqiqotlari natijalariga hamda ularda ilgari surilgan g‘oyalar va qarashlarga murojaat qildik.
Shu o‘rinda tarixga nazar tashlab, o‘tgan asrlarda bu masalaga qanday e’tibor berilganligini o‘rganib chiqib, o‘z qarashlarimizni yozishga qaror qildik.
Qadimgi yunon faylasufi Arastu fikricha, “maqsad emas, balki unga yetish vositalari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi». Ma’naviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan, “Avesto”, “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish” dostonlari, Firdavsiyning “Shohnoma”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” va qator boshqa asarlarda ajdodlarimizning Vatanni, xalqni sevishi, or-nomus va do‘stlarga sadoqat kabi sifatlar asosiy ijtimoiy xislatlar sifatida qaralgan.
Sharq ilk jonlanish davri (IX-XI asrlar) allomalari Islom aqidalarida tarbiyalanib, ularni hayotda bir necha bor sinovlardan o‘tkazib, hikmatli so‘zlar orqali bizlarga yetkazishga harakat qilganlar.
Jumladan, Abu Rayxon Beruniy: “Barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda”, - degan ekanlar. Abu Ali ibn Sino: “Haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo‘lishi kerak, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelavermaydi. O‘z bilimining haqiqiyligini bilish uchun mantiqni bilish zarur”, - deganlar.
O‘rta asrlar Markaziy Osiyo allomalari va XIX-asrdagi jadidlar harakati namoyondalari ham kishining insoniy sifatlariga alohida to‘xtalib, komil inson siymosining asosiy belgilari (xislatlari)ni ko‘rsatganlar. Bu davrda yashagan mutafakkir olim, shoir va donishmandlarning asarlarida, ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan insoniy sifatlar – insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish, komil inson va yetuk jamoaga erishish kabi masalalar yoritilgan.
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida mardlik, to‘g‘riso‘zlik, ma’rifat bulog‘idan bahramand bo‘lish sari kuchli darajadagi intilish, mehnatsevarlik, katta yoshdagi kishilarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, davlat va xalq manfaatlarini o‘z manfaatidan ustun ko‘rish, shuningdek, sadoqatli sevgi-muhabbat kabi insoniy fazilatlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, shoir shu orqali shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish asoslarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan. Bunda ayrim e’tiborli jihatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Shuningdek, sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida juda ko‘plab tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan ko‘rsatmalarni berib o‘tgan. Ayniqsa, u kishining davlat boshqarish faoliyatiga faqat va faqat adolat bilan yondashish kerakligi, ilm-ziyo ahliga doimo adolatli munosabatda bo‘lish kerakligi, kambag‘al fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatish kerakligi va milliy qadriyatlarni barqaror tarzda himoya qilish kerakligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari bevosita ma’naviy madaniyatni shakllantirishda juda katta ahamiyatga egadir.
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri bo‘lgan qonunlarnijoriy qilish muammosi keng yoritilgan. Forobiyning fikriga ko‘ra, chinakam qonun o‘rnatuvchi yangi qonun qabul qilinayotganida mamlakatdagi barcha tabaqalar, avlodlarga, viloyatlar aholisiga baxt-saodat, shod-xurramlik, erkinlik va farovonlik keltirishini hisobga oladi. Qonun turli-tuman fe’l-atvor hamda xislatlarga ega bo‘lgan odamlar hayrixohlik bilan kutib olishiga arziydigan bo‘lishi zarurligi aytiladi.
Forobiyning fikriga ko‘ra, saodatga oqillik va unga hamisha intilib yashash orqali erishish mumkin. Shunday ekan, qonun mustahkam ruh va oqil idrok tarbiyasiga yo‘naltirilgandagina farovonlik tomon yetaklaydi. Demak, rahbar xalq, ommani tarbiyalashga, uning ruhi va idrokini mustahkamlashga harakat qilmog‘i zarur. Qadimiy ajdodlarimiz insoniy mezon qilib olgan, har bir kishidan talab qilinuvchi bu ijobiy xislatlarni jamlab, ularni tartibga solib chiqsak, quyidagi ijtimoiy sifatlar tizimi gavdalanadi:
– jasurlik
bilimdonlik
vatanparvarlik
odamiylik
uddaburonlik
mehnatsevarlik
axloq-odoblilik
do‘stlik
tejamkorlik
saramjonlik
O‘sha davrda ham bunday xislatlarni shakllantirishda ham diniy, ham dunyoviy asarlar muhim o‘rin egallagan. Barkamol inson haqidagi yuksak g‘oyalar Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida, ayniqsa teran ifoda etilgan.
Aslida komil inson, bu – tariqat va riyozat yo‘li bilan qo‘lga kiradigan yuksak martabadir. Voiz Koshifiy “Futuvvatnomai sultoniy” asarida tasavvufning komillikka daxldor binosi o‘nta asosga qurilgani aytiladi: 1) ilm; 2) hilm; 3) taqvo; 4) saho; 5) shukr; 6) sidq; 7) vafo; 8) rizo; 9) safro; 10) ishq.
E.Yusupov o‘zining “Inson kamolotining maonaviy asoslari” nomli asarida ma’naviyat inson ma’naviyati, uning shakllanish bosqichlari, shaxs ma’naviyatini shakllantirishda alohida o‘rin tutuvchi omillar, ma’naviyatga erishishning ijtimoiy-axloqiy ahamiyati, shuningdek, shaxsning psixologik xususiyatlariga tayangan holda uning ma’naviyatini shakllantirish shartlari haqida so‘z yuritadi. Ishning e’tiborli jihati vatanparvarvarlikning ma’naviyati yuksak insonga xos bo‘lgan fazilat ekanligiga alohida urg‘u beriladi.
Shuningdek, “vatanparvarlik” tushunchasi sharhlanadi. Muallifning fikricha, “vatanparvarlik – o‘z taqdirini Vatan, millat taqdiri bilan bog‘lagan barcha kishilarga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro‘-e’tibori ham shu millat kishilaridagi vatanparvarvarlik qadriyatlarining shakllanganlik darajasi bilan bog‘liqdir”.
Psixologiya fanlari doktori, professor Z.Nishonova “barkamol inson” tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “barkamol inson – bu o‘zligini, o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, aqlan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo‘lgan, ma’naviy yuksak, axloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta oladigan erkin, ijodkor shaxsdir”.
Muallif tomonidan sharq mutafakkirlari ilgari surgan ma’naviy-axloqiy qarashlarning komil insonni shakllantirish tarixida tutgan o‘rni va bugungi kun uchun ahamiyatining ochib berilishi ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani samarali tashkil etilishi uchun muhim yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.
Vatanparvarlik – bu muayyan millatga mansublik va bu millat tomonidan jahon madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan millatga sadoqatli bo‘lish hissini tuyish va bu yo‘lda amaliy faoliyat ko‘rsatishdan iboratdir.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan manbalar mazmunidan shu narsa ayon bo‘ldiki, o‘smirlarda e’tiqod va vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishning mazmuni, metodlari, shakl va vositalarini yoritib berish psixologiya fanida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammodir.
O‘smirlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish masalasi bo‘yicha izlanish olib borgan jamoamiz quyidagi fikrni ilgari suradi: “Milliy o‘zlikni anglash – bu barcha insoniy fazilatlarning ibtidosi bo‘lib, xalqimiz tarixiy xotirasi, ijtimoiy-ma’naviy hayoti, milliy merosi, urf-odat va an’analari, qadriyatlari, ruhiyati haqida mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalar birligiga erishish, ularni ongli ravishda baholash, ma’naviy qadriyatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, o‘zini ongli ravishda boshqarish, Vatan qadriyatlari bilan yashash, uning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish, ona tilini e’zozlash va boshqa millatlarga hurmat ila munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishdir”.
Demak, yoshlarda vatanparvarvarlik qadriyatlariga ega bo‘lishlarini ta’minlashda va bu jarayonni yaxlit tashkil etish, unda har bir samarali omildan maqsadli foydalanish, imkoniyatlarni ko‘ra olish va ularning samaradorligini baholash muhim ahamiyatga kasb etadi.
|
| |