• Yog‘ochning bo‘shini qurt eydi doim”
  • Temurbeklar maktabi




    Download 5,41 Mb.
    bet136/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151
    Xeppiningoldindan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan “keskin” tomoshalar, aytaylik, turli buyumlarni, masalan, royal, pia­nino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy “ko‘ngil ochish”larni o‘tkazish.

    Ommaviy madaniyatning bu ko‘rinishi o‘z xususiyati jihatidan destruktiv ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu ko‘rinish ham nisbatan yoshlar qatlamida ko‘proq uchraydi. Chunki yoshlardagi kuchli ehtiroslar tufayli ijtimoiy me’yorlar mos kelmay qolsa, bu jarayon yanada kuchayadi. Ijtimoiy, siyosiy xavfli tomoni bunda yoshlarning desturuktiv kuchlar ta’siriga tushish holati ortib boradi.

    Kelib chiqish sabablari o‘z kuch va ehtiroslarini nazorat qila olmaslik, jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni bilmaslik yoki bilishni istamaslik obsentizimning kuchliligi.

    Yog‘ochning bo‘shini qurt eydi doim”

    Afsuski, yoshlarda isyonkorlik, vahshiylik, itoatsizlik kabi bir qancha illatlarni shakllantiruvchi bu “madaniyat”ning uchqunlarini o‘zimizning ba’zi kliplarimizda, ommaviy axborot vositalarida, reklama va roliklarimizda ham ko‘rish mumkin.

    Insoniyat taraqqiyot davrini o‘rgansangiz, bir narsaga duch kelasiz. Albatta taraqqiyotga ham, inqirozga ham jamiyat a’zolari orasida shakllangan va rivojlangan ommaviy madaniyatning ta’siri bo‘lgan, ko‘pincha bu ta’sir kuch ishlatish yo‘li bilan amalga oshirilgan.

    Bugungi kunda ba’zi bir davlatlar va xalqlar o‘z ta’sir doirasini oshirishda kuch ishlatish yo‘lidan ko‘ra “informatsion xuruj”lar orqali kurash olib borishni samarali vosita deb bilmoqda.

    Har bir inson demokratiyaning mazmun-mohiyatini, ya’ni xalq hokimiyatining asosiy omili inson ekanligini, insonning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy faol bo‘lishi siyosiy uchburchakda, ya’ni jamiyat, davlat va shaxs munosabatlarida aks etishini fuqarolik pozitsiyasi nuqtayi nazaridan tafakkur qilmas ekan, jamiyat va davlat ishlarida, umuman taraqqiyotda o‘ziga xos muammolarning kelib chiqishi tabiiy.

    Aholining asosiy qismi, ya’ni 65 foizini yoshlar tashkil etadigan O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga e’tibor davlat e’tiborida ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Mamlakatimiz yoshlarining har tomonlama sog‘lom va bilimli bo‘lishlari borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Biroq shunga qaramay, ba’zi bir davlatlar va xalqlar tomonidan dunyoda o‘z ta’sir doirasini oshirish maqsadida “informatsion xurujlar” orqali “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishni, ayniqsa faol bo‘lmagan yoshlar bilan ishlash mexanizmlarini yanada kuchaytirishni talab etadi.

    “Menga farqi yo‘q”, “menga nima, nima bo‘lsa bo‘lar” deb o‘z qobig‘iga o‘ralish nafaqat o‘sha shaxsni, balki butun jamiyatni inqirozga olib kelishi ham mumkin. Shu bois shu aziz va muqaddas Vatanda yashayotgan har bir fuqaro loqaydlik, dangasalik, o‘zibo‘larchilik kabi illatlarga qarshi kurashsa, farzandlari, yaqinlari, yor-u birodarlarining osoyishta, farovon hayotini ta’minlashga intilsa, tevarakda bo‘layotgan voqealarga daxldorlik hissi bilan qarab, doimo sergak, hushyor bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, yurtimizga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ning payi qirqiladi. Yoki mashhur masaldagi kabi “yog‘ochning bo‘shini qurt yeydi doim”.

    Jamiyat yaxlit bir ijtimoiy organizm. Shu ma’noda uning turli bedavo kasalliklarga chalinmay, sog‘lom rivojlanishi, taraqqiyoti har birimizga bog‘liq.


    Download 5,41 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151




    Download 5,41 Mb.