PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA O‘ZARO MUNOSABAT MUAMMOLARI
Irisboyeva X.U.– O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
So‘nggi vaqtlarda, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga ko‘ra, insonlarning bir-birlariga munosabatlarini insonparvarlashtirish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Insonparvarlik g‘oyalari qadimgi davrlarda yuzaga kelib, mahalliy va harbiy pedagoglarning pedagogik fikrlarida ifodalanadi, ular ta’lim va tarbiyaning xarakterini o‘zgartirish bilan insonning o‘z mohiyatini o‘zgartirish mumkinligiga amin bo‘lganlar.
Insoniyat tarixi davomida o‘zgarishlarga uchrab, insonparvarlik g‘oyasi o‘z mohiyatini - insonga oliy qadriyat sifatidagi munosabatni saqlab qoldi. Insonparvarlik ta’limi manbalari - Sokratning o‘z-o‘zini bilishning metodida, Ya.A. Komenskiyning tarbiyaning tabiiyligi prinsipida, K.N. Ventsel, J.-J. Russoning erkin tarbiya nazariyasida, K.D. Ushinskiyning ta’limga antropologik yondashuvida, P.P. Blonskiy, I.A. Ilinning milliy tarbiya g‘oyalarida, V.V. Zenkovskiyning bolalikning insonparvarlik psixologiyasida ifodalangan1.
O‘tmish pedagogik merosining tahlili, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirish muammosi ijtimoiy hayotning murakkab vaziyatlarida yuzaga kelganligini aytishga imkon beradi. Insonparvar pedagoglar ta’limning sharoitlarini insonparvarlashtirib, jamiyatni insonparvarlik asosida qayta qurish mumkinligiga ishonganlar.
XXI asr boshlarida, texnogen taraqqiyotning inqirozi aniqlangan davrda, ijtimoiy ongda insonparvarlik g‘oyalari dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi va bu shaxs huquqlarini buzuvchi muayyan ijtimoiy hodisalarni engish ehtiyojining ortganligini aks ettiradi. “Inson mohiyati” muammosini hal etish - hozirgi antropogen asrning vazifasidir.
An’anaviy ravishda ta’lim o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashlariga, shuningdek, ularni hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan edi. Bugungi kunda ta’lim insonning shakllanishi, uning o‘zini, o‘z insoniy obrazini, takrorlanmas individualligini, ma’naviyligi, ijodiy individualligini anglashi sifatida talqin etiladi. Ta’lim muassasalari, sotsiumning vazifasi insonga madaniyat, tarixiy jarayon va shaxsiy hayotining subyektiga aylanishiga ko‘maklashishdan iborat (Sh.A. Amonashvili, A.G. Asmolov, E.V. Bondarevskaya, O.S. Gazman, E.N. Gusinskiy, V.P. Zinchenko, B.T. Lixachev, A.V. Petrovskiy, V.A. Petrovskiy va boshqalar).
Milliy pedagogik ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishi asosida fundamental qoidani nazariy o‘zlashtirish yotadi, unga ko‘ra “tarbiya kattalarning bolalar bilan va bolalar bir-birlari bilan maxsus tashkil etilgan shaxslararo o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi”
A.A. Bodalev, B.F. Lomov, A.S. Makarenko, V.N. Myasishev va boshqalar tarbiyani “pedagog-bola” tizimida ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining ikki tomonlama kommunikativ o‘zaro aloqasi jarayoni sifatida qaraydilar va uning jarayonida ijtimoiy-madaniy tajribaning individuallashishi sodir bo‘ladi.
Insonning har tomonlama rivojlanishi hodisasi uning shaxs sifatida shakllanishini nazarda tutadi va o‘z ichiga inson psixikasida bilish, affektiv va xulqiy komponentlarning dolzarblashuvini kirituvchi “tarbiyalilik” tushunchasida ifodalanadi. Shuning uchun “tarbiyalilik”ni insonning tashqi ta’sirlarga uning uchun yangi bilish, emotsional yoki xulqiy aktlarini shakllantirish sifatida tushunish mumkin. A.A. Bodalev tarbiyaning asosiy vazifasini “insonlar tomonidan tashkil etilganlari qatoridan insonga u yoki bu ta’sir turi qanday tarbiyaviy ta’sirga egaligini tushunish va uning ta’sirini boshqarishga o‘rganishda” ko‘radi2.
Maktabgacha yosh davridagi bolaning boshqa insonlar to‘g‘risidagi tasavvuri nafaqat mazkur insonlarning xulq-atvori va xatti-harakatlari bilan, balki mazkur bola shaxs sifatida qanday namoyon bo‘lishi bilan ham aniqlanadi. Uning tarbiyalilik darajasiga uning atrofidagi bolalar va yaqin kattalarning unga nisbatan xulqlari xarakteri va demak, uning insonlar bilan muloqotdagi kechinmalari xarakter va u mazkur insonlarga beradigan baholari bog‘liq bo‘ladi.
Shu munosabat bilan pedagogik o‘zaro munosabat mustaqil ilmiy tushuncha mavqeyiga ega bo‘ladi – “pedagogik muloqot” (A.A. Leontev), uning ishlab chiqilishi bilan ko‘pgina olimlar shug‘ullanadilar (N.A. Berezoviy, A.A. Bodalev, A.S. Zolotnyakova, A.A. Leontev, V.A. Kan-Kalik, Sv. Kondrateva va boshqalar).
Falsafiy tushuncha sifatida o‘zaro munosabat muammosining ontologik va gnoseologik jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘zaro munosabat tushunchasini o‘rganish dialektik-moddiy bilish prinsiplari bilan belgilanadi. O‘zaro munosabat tushunchasining turli jihatlariga, ilmiy bilishda uning metodologik rolini aniqlashga B.C. Gotta, I.I. Jbankovoy, G.K. Konika, A.F. Pereturina va boshqalarning ishlari bag‘ishlangan. O‘rganilayotgan tushunchaning ontologik mazmunini o‘rganishda uning ko‘rib chiqishning ikki jihatini ajratish mumkin: o‘zaro munosabat holat sifatida moddiy tizimlarning aloqadorligi shakllaridan birini ifodalaydi, o‘zaro munosabat ma’lum vaqt oralig‘idagi ikki tizimlar orasida kechadigan jarayon sifatida. Bunda tushuncha sifatida o‘zaro munosabat o‘zaro bog‘liq, turli obyektlarning bir-biriga ta’sir etish jarayonlarining ifodasini aks ettiradi.
Falsafiy tushunishda o‘zaro munosabat ikki va undan ortiq tizimlar bilan mavjud bo‘lgan borliqning umumiy va ahamiyatli xususiyati, moddiy olamning universal xususiyati sifatida tavsiflanadi1
O‘zaro munosabat bir vaqtda amalda bo‘lgan va har qanday harakatning mohiyati hisoblangan moddiy jarayonning ikki tomonini aks ettiradi. Ixtiyoriy moddiy tizimlarning barchasi umumiy xususiyat - moddiylikka egaligi sababli ular ma’lum sharoitlarda o‘zaro aloqada bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun o‘zaro munosabat tizimning holati, tizimlar o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik, obyektiv qonuniy jarayon sifatida tavsiflanadi.
|