• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • Beshinchidan
  • Temurbeklar maktabi




    Download 5,41 Mb.
    bet139/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151
    Birinchidan, yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash. Bu borada tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirishimiz kerak, ushbu ishlarni tashkil etishda keng jamoatchilikni, davlat va siyosiy arboblarni, diniy vakillarni, veteranlarni muntazam taklif qilgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiq.

    Ikkinchidan, yoshlarimizda kitobga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish. Bu borada milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimida yozuvchi va shoirlarni taklif qilgan holda mutoalaa kechalarini o‘tkazish, hamda eng yaxshi kitobxon ko‘rik tanlovlarini tashkil etish kerak.

    Uchinchidan, talabalarning huquqiy ongini shakllantirish va bu borada huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan tez-tez suhbatlar, uchrashuvlar tashkillashtirib turish zarur.

    To‘rtinchidan, internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, buning uchun salbiy yot g‘oyalarning ta’sirlarini yanada chuqurroq o‘rganib, bu borada targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.

    Beshinchidan, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishni o‘rgatish. Yoshlarimiz ongiga “Vaqtni behuda sarflash”, “Vaqt isrofi”, “Vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanish” degan tushunchalarni sindirishimiz zarur.

    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jamiyat xavfsizligiga raxna solish maqsadida mamlakat barqarorligiga putur yetkazishga intilayotgan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlar va xatarlarga qarshi doimo ogoh bo‘lish har birimizning muqaddas burchimizdir. Ayniqsa, axborot xurujlarining oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash, mamlakatni ichki va tashqi xavflardan himoya qilishning muhim omillaridan biridir.


    Download 5,41 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151




    Download 5,41 Mb.