YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINI YUKSALTIRISHDA OMMAVIY MADANIYATNING DOLZARB MUAMMOLARI




Download 5,41 Mb.
bet135/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   151
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINI YUKSALTIRISHDA OMMAVIY MADANIYATNING DOLZARB MUAMMOLARI
A’zamov I.S. – Nizomiy nomidagi TDPU Harbiy ta’lim fakulteti maxsus tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi
Hozirgi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini yuksaltirishda butun dunyoda globallashuv jarayonini har tomonlama chuqurlashuvi va axborot texnologiyalarining takomillashib borgani sayin milliy madaniyat, milliy qadriyatlar va azaliy an’analarni saqlab qolish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, G‘arbdagi ayrim “markazlar” boshqa davlatlar va xalqlar o‘rtasida G‘arb hayoti “jozibalari”ni, jumladan, “ommaviy madaniyat” ta’sirini imkon qadar keng yoyishga harakat qilmoqdalar. Ushbu harakatning asosiy maqsadi insonlarni milliy madaniyatdan uzoqlashtirish, dunyoni bir tizimga solib standart holatda, bitta oqim bo‘ylab harakatlanishini ta’minlash va antimilliy g‘oyalarini osonlikcha singdirish, ma’naviy begonalashuvni yuzaga keltirishdan iborat. Ushbu harakatlarni millat qadriyatlariga ta’siri jarayonida asosan mamlakat yoshlarini (14-30 yoshlilar) ongini zaharlash asosiy vazifa qilib olinadi.

Ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilsak, “ommaviy madaniyat” ya’ni pop-madaniyat – jamiyatda aholining keng qatlamlari orasida yoyilib, ustuvor bo‘lgan madaniyat hisoblanadi. “Ommaviy madaniyat” mohiyatiga ko‘ra aholi aksariyat qismining hayotini tashkil etgan voqea-hodisalar, intilishlar va ehtiyojlar bilan to‘lib toshgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, zamonaviy “ommaviy madaniyat”ning maqsadi insonlarni milliylikdan uzoqlashtirish, dunyoni bir tizimga solib standart holatda, bitta oqim bo‘ylab harakatlanishini ta’minlashdan iborat, bo‘lib u makon, yosh, jins va millat tanlamaslik xususiyatiga ega.

“Ommaviy madaniyat” tahdidlarining inson ongiga salbiy ta’sirlarini quyidagilardan iborat:

– “ommaviy madaniyat” inson ongini real hayotdan uzoqlashtiradi va soxta yaratilgan obrazlarga yo‘naltiradi;

– aldovga oson ishonadigan shaxslarni paydo qiladi;

– insonni ishlab chiqaruvchiga emas, faqat iste’molchiga aylantiradi.

– insonni milliylikka borib taqaluvchi ildizlarini kesadi va ma’naviy jihatdan qashshoqlashtiradi.

Shuningdek, “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilarini oilalarga, ayniqsa, yosh oilalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, har bir millatning, har bir insonning ma’naviyati va o‘ziga xos madaniyati shakllanishida oilaning o‘rni beqiyos. Sharq ayollari hech mahal oilada yetakchilikka da’vogar bo‘lmaganlar. Bu esa ularning oilada hech qanday qadrga ega emas, degan ma’noni anglatmaydi. Aksincha, oilaning biror muammosi, oilaning ikkinchi yarmini tashkil qilgan ayolsiz yechilmagan va amalga oshirilmagan. Shu ma’noda, ayollarimiz o‘zlarining oilada siqilgan, huquqlari cheklangan tarzda his qilmaganlar. Ammo “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari Sharq oilasida ayollar kamsitilishi, ularning erkaklar bilan teng huquqli emasligi haqida fikr yuritadilar. Ayniqsa yosh oilalarga bu o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazmoqda. Masalan oila va nikoh masalalariga hayotda muhim emasligini, uni “yengil yashash”, “erkinlik”, “o‘zi uchun yashash” degan omillardan keyingi ikkinchi darajali o‘rinlarga tushirib tashlashni targ‘ib qilmoqda.

Bunga asos qilib “nikoh bu tashvish”, “oila bu erkinsizlik” kabi tamoyillarni qo‘ymoqdalar. Vaholanki, ushbu «madaniyat» targ‘ibotchilari “erkinsizlik” deb atayotgan oila aslida bu muqaddas dargoh, insonlarni ezgu xulqqa o‘rgatadigan maskan. Aynan shuning uchun ham, bugungi davrda oilaning mustahkamligi yurtimiz mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki ommaviy madaniyatga, u bilan yopirilib kelayotgan ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga milliy madaniyatni, milliy tarbiyani, milliy ma’naviyatni, ota-bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan islomiy qadriyatlar bilan qarshi tura olamiz.

Bugungi kunda “Ommaviy madaniyat”ning quyidagi salbiy ko‘rinishlari e’tirof etilgan.



Kitch – hech qanday badiiy-estetik ahamiyatga eta bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish. Turli-tuman totemlar, tumor va boshqa shunga o‘xshash narsalarni taqib yuruvchilar. Buning xavfli jihati, ayniqsa islom diniga e’tiqod qiluvchilar orasida muammolarni keltirib chiqaradi. Ommaviy madaniyatning bu ko‘rinishi jamiyatnint barcha qatlamlarida uchraydi. Kelib chiqish sabablari asosan o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, o‘zga qarashlarga ko‘r-ko‘rona ergashishdir.

Komiks – tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa-rasm mahsulotlari bo‘lib, kelib chiqish sabablari asosan zamonaviy yashashga ko‘r-ko‘rona ergashish, o‘z ma’naviy qadriyatlarini bilmaslik va hokazo.

Ommaviy madaniyatning bu ko‘rinishi asosan yoshlar qatlamini qamrab oladi va kiyinish madaniyatida namoyon bo‘ladi. Masalan, turli-tuman yirtiq, so‘tilgan va har xil yozuvlar tushirilgan bosh kiyim, shortik, shim, futbolkalar va turli fotoplakatlar, hatto reklama roliklarida mavjud bo‘ladi. Xatarli tomoni milliy qadriyatlar, milliy kiyinish madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bu orqali ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqaradi.



Strizm – ehtiroslarga berilgan holda teleboshlovchi, sportchi, aktyorlar va estrada xonandalarini ilohiylashtirish.

Ommaviy madaniyatning bu ko‘rinishi nisbatan ko‘p tarqalgan va eng xatarlilaridan biri hisoblanadi. Chunki bu holatda haddan tashqari ehtiroslarga berilish natijasida suitsid (o‘z joniga qasd qilish) holati ham kuzatiladi. Ommaviy madaniyatning bu ko‘rinishi yuzaga kelishiga asosiy sabab ertangi kunini aniq ko‘ra bilmaslik, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik va boshqalar. Bu ko‘rinish ham asosan yoshlar qatlamida ko‘p uchraydi. Xavfli tomoni ijtimoiy-siyosiy faol bo‘lmagan yoshlarni turli oqimlar ta’siriga tushib qolish ehtimolini oshiradi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINI YUKSALTIRISHDA OMMAVIY MADANIYATNING DOLZARB MUAMMOLARI

Download 5,41 Mb.