|
Temurbeklar maktabi
|
bet | 131/151 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 5,41 Mb. | | #13872 |
3. Ilk uyg‘onish davrida hurfikrlilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi va bu sohada katta yutuqlarga erishildi.
4.O‘rta Osiyodagi ilk uyg‘onish davrini asosiy xususiyatlaridan biri, insonparvarlikning ulug‘lanishidir. Insonda ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, ulardagi axloqiy yetuklik, ma’naviy go‘zallik va kamolotga etishishga bo‘lgan intilishning kuchli bo‘lganligi.
5. Bu davrlarda Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib singari allomalar so‘z san’ati rivojiga katta e’tibor qaratib, uni rivojlantirdilar.
6. Ilk uyg‘onish davrining eng asosiy xususiyati qomusiy bilimlarni egallashga bo‘lgan intilishning kuchli bo‘lganligidadir.
O‘rta Osiyoni mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi, mintaqa tamadduni yo‘lidagi eng asosiy to‘siqlardan biri bo‘ldi. Mo‘g‘ullar bosqinchiligi O‘rta Osiyo xalqlari madaniy va ma’naviy hayotiga juda katta zarar keltirdi. Ko‘plab allomalar mo‘g‘ullar dastidan qochib uzoq mamlakatlarga ketishga majbur bo‘ldilar. Bosqinchilar ko‘plab kutubxonalarni buzib, to‘plab kelingan nodir kitoblarni yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘ldilar. O‘rta Osiyo xalqlari uzoq muddat davomida madaniy va ma’naviy, ma’rifiy hayotidan uzoqda yashashga majbur bo‘ldilar.
O‘rta Osiyoni mo‘g‘ullar zulmidan ozod etilishi madaniy va ma’naviy hayotini yuksaltirish imkonlarini yaratib berdi. Mintaqa xalqlarini madaniy va ma’naviy hayoti rivojiga katta hissa qo‘shgan ikkinchi Uyg‘onish davri Amir Temir va Temuriylar sulolasi davriga to‘g‘ri keladi. 1
Amir Temur markazlashgan qudratli davlat asoschisi bo‘lishi bilan birga Sharq tamadduni taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan buyuk insondir. Amir Temur o‘z davlati hududini kengaytirish bilan birga, o‘z mamlakati hududidagi madaniy va ma’naviy hayotini yuksaltirishga ham katta e’tibor qaratdi.
Mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratini oshirish bilan birga, uni madaniy va ma’naviy jihatdan yuqori bosqichlarga olib chiqish Amir Temir va temuriylarning asosiy maqsadlaridan biri edi. Mana shu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Amir Temir va temuriylarning ezgu niyatlari yo‘lida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan turli fanlar bilan shug‘ullanuvchi olimlar, turli sohalar mutaxassislari O‘rta Osiyoga taklif etildi, ularning yashashlari va faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotini yuksaltirish davlat siyosatida alohida o‘ringa ega edi.
O‘rta Osiyo shaharlarida ko‘plab kutubxonalarning qurilishi, ularni nodir kitoblar bilan boyitib borilishi, ilm ahliga barcha qulay imkoniyatlarni yaratib berilishi Sharq tamaddunini poydevori bo‘lib xizmat qildi.
Sharq tamaddunini ikkinchi bosqichini o‘ziga xos xususiyatlarini eng muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
1.Amir Temir va temuriylar davridagi hukmronlarning aksariyat ko‘pchiligi madaniy va ma’naviy hayot rivojidan manfaatdor edilar.
2.Ilm-fan taraqqiyoti uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berilganligi.
3.Bu davrlarga kelib katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan islom dini madaniy va ma’naviy hayot rivojidan manfaatdor bo‘lganligi.
4. Amir Temir va temuriylar hukmronligi davrida madaniy va ma’naviy hayot rivojiga katta hissa qo‘shayotgan kishilarning davlat tomonidan ko‘plab quvvatlanishi.
Sharq va G‘arb bu ikki qutb hamisha bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lib kelgan, zero bu ikki qutbni bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.Chunki hech qachon hech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o‘z holicha yashagan emas, aks holda hech qanday taraqqiyot (tamaddun) bo‘lmagan bo‘lar edi. Eng qadimiy va antik davrlarda uzoq masofalarni ot-ulovda bosib o‘tish ancha mushkul bo‘lgan vaqtlarda ajdodlarimiz Misr, Bobil, Markaziy Gretsiya, Yunoniston kabi mintaqalar bilan aloqa qilganlar.
Najmiddin Komilov Sharq va G‘arb munosabatlari haqida shunday deydi: “Sharq va G‘arb munosabatlarini davrlashtirish, chunonchi:
eng qadimgi davrlardan ellin madaniyatigacha bo‘lgan O‘rta dengiz atrofidagi xalqlar madaniy aloqalari;
mil.avv. III asr – milodiy VI asrlardagi yunon – O‘rta Osiyo, Yunon–Eron, Yunon–Hind aloqalari ;
VIII-IX asrlarda Yunon – Arab aloqalari Sharq va G‘arb;
XI-XII asrlarda Ispaniya orqali amalga oshgan – Sharq-G‘arb aloqalari;
XIV-XVIII asrlardagi aloqalar;
XIX madaniy aloqalari;
XX asr Sharq G‘arb aloqalari kabi....”1
Yunonlarda bir gap bor: “Biz ellinlar, varvarlardan olgan hamma narsani o‘zimizniki qilib olamiz va yana uni kamolot cho‘qqisiga ko‘taramiz”. Platon, (“Poslezakonie” 987e) Qadimgi Rimda tarqalgan mazkur aforizmda Sharq xalqlarining insoniyat madaniyati poydevorini yaratishdagi ulkan hissasi G‘arb xalqlari tomonidan tan olingani ifodalangan. Markaziy Osiyo madaniyati G‘arb va Sharqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib qoladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Sharq va G‘arb xalqlari tamadduni va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasi bugungi kunda ham har doimgidek qiziqib o‘rganilib kelinmoqda. Bu tamaddunlar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilar ekan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarida o‘z ajdodlarining jahon xalqlari fan va madaniyatiga qo‘shgan hissalaridan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga ularni bugungi kunda ajdodlarimizning munosib davomchisi bo‘lishga undash hamda bizning davrimizgacha yetib kelgan bu boy merosdan Vatan ravnaqi yo‘lida oqilona va samarali foydalanishga o‘rgatish har bir o‘qituvchining oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
|
| |