• Shavkat Mirziyoyev
  • CHAQIRIQQACHA YOSHLARNI TAYYORLASHDA AMIR TEMUR




    Download 5,41 Mb.
    bet127/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151
    CHAQIRIQQACHA YOSHLARNI TAYYORLASHDA AMIR TEMUR

    MEROSINING AHAMIYATI
    Amanov R. Z.– Nizomiy nomidagi TDPUHarbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik

    Buriyeva D. O.– Chilonzor tumani 126-maktab o‘qituvchisi

    Qashqadaryoning shonli tarixi haqida gap ketganda, hech shubhasiz, avvalo buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizni yodga olamiz1



    Shavkat Mirziyoyev
    O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi ko‘p asrlik tarixga ega. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida bu soha ancha ravnaq topgan. Temuriylar saltanatida o‘smirlarni yoshligidan jismoniy kamolotiga katta e’tibor berilgan. Buni ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur xonadonida ham bo‘lganligini tarixiy manbalar tasdiqlaydi.

    Ma’lumki, Temurbekning otasi Muhammad Tarag‘ay Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo‘lgan barlos qavmidan chiqqan obro‘li beklardan biri bo‘lib, Chig‘atoy xonlaridan Qozonxon (1338-1346) lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim nasl-u nasab jihatdan aslzodalardan bo‘lib, buxorolik mashhur faqih “Tojush-Shar’ia” taxallusi bilan tanilgan Ubaydulla ibn Mas’udning avlodi edi.

    U jahonga hukmdor bo‘ladigan farzandli bo‘lishi haqida birinchi bo‘lib avliyo shayx Kuloldan eshitgan edi. Muhammad Tarag‘ay o‘g‘lining ilm olishga juda katta e’tibor berdi. Temurbek to‘qqiz yoshga to‘lganda, Keshdagi barcha ulamo va fozillarni chaqirib, imtihon qilishlarini so‘radi. Sinovda Temurbek hammani hayratda qoldirdi. Uning ilmi va donoligidan mamnun bo‘lgan ulug‘lar Temurbek nomiga “hofiz” unvonini qo‘shib berdilar. Vaholanki, ayrim insonlar bir umr ilm olib, sharafli bu nomga sazovor bo‘lisholmaydi.

    Amir Temur bunchalik ilmni qayerdan oldi, degan savolga Keshdagi madrasalarda yosh toliblarning bilim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud bo‘lganligini aytish kifoya. Madrasa va toliblar vaqf jamg‘armasi hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanar edi. Bu esa o‘quv uslublarining takomillashtirishga ham katta yordam berar edi.

    To‘qqiz yoshli Temurbek Qur’oni Karimni yod olgan, besh vaqt namozni kanda qilmaydigan, maktabdagi barcha o‘quvchilarga boshliq bo‘lgan obro‘li o‘smir edi. Aslida uning savodini chiqarishga ancha oldin kirishgan edilar. Buning haqqoniyligini qadimgi udumlar ham tasdiqlaydi. Milodning 605-617 yillarida Samarqandda bo‘lgan xitoy sayyohi Vey Szening shohidlik berishicha, turkiylarda o‘g‘il bolalarga besh yoshga to‘lganidan boshlab, savod va hisob ishlari o‘rgatiladi. 20 yoshga yetganlarida savdo-sotiq uchun chet ellarga yuboriladilar. Madrasaga kelgan talaba so‘zlar jadvalining farqiga borishi, o‘qiy boshlashi lozim edi. Saboqdoshlariga bosh bo‘lishining o‘zi ham Temurbekka ana shu udum asosida ta’lim-tarbiya berilganini isbotlaydi.

    Temurbekning 14 yoshida Kesh shahridagi Abdulla Qutb madrasasida tahsil ola boshlagani haqida ma’lumotlar mavjud. Ana shu yerda u boshqa mashhur asarlar kabi ozarbayjonlik shoir Mahmud Shabustariyning “Gulshani roz” (“Sirlar gulshani”) kitobini ham yod olgan edi.

    Oradan yillar o‘tib, Turon sultoni Amir Temur Ozarbayjondan o‘tayotganda, Shabustar degan qishloq diqqatini tortadi. Uning buyrug‘iga ko‘ra, qishloq haqida surishtirib ko‘rganlarida, bu haqiqatan ham shoir Mahmud Shabustariyning shu yerda yashaganligi aniqlanadi va shoirining qabri ham shu yerda ekanligi ma’lum bo‘ladi.

    Amir Temur garchi vaqti tig‘iz bo‘lsa-da, shoir xotirasi hurmati uchun uning qarovsiz qabrini borib ko‘radi va Qur’on tilovat qiladi hamda maxsus farmon berib, u yerda mo‘jaz maqbara qurdirib, atrof yerlarni vaqf tariqasida beradi. Qishloqda istiqomat qilayotgan 3891 nafar kishiga 5 misqoldan oltin ulashadi. Bir misqol oltinning 5 grammga to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqsak, bu umumiy hisobda 19455 gramm, ya’ni qariyb 20 kilo oltin demakdir. Tarixda birgina kitob uchun bitta shoirga shuncha muruvvat ko‘rsatgan bunday olijanob hukmdorni boshqa uchratmaysiz. Shuningdek, Temurbek Jaloliddin Rumiy asarlarini ham sevib o‘qigan.

    Shu o‘rinda Rossiyada nashr etilayotgan “Nauka i jizn” jurnali (2004-yil 4-son) Samara viloyati Ko‘shk qishlog‘ida istiqomat qilayotgan 10-sinf o‘quvchisi Mixail Arnoldovning «Bir muhoraba siri” maqolasi uchun yillik mukofot sohibi sifatida taqdirlaganini yorqin misol qilib keltirish mumkin. Ushbu maqola “Tafakkur” jurnalining 2005-yil 1-sonida bosilib chiqqan edi (Tarjimon M. Qarshiboyev). Bundan yoshlarimiz ibrat olishi lozim, albatta.

    Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarida shunday hikoya qilinadi: “Sohibqiron 7 yoshligida otasi bilan bir qarindoshinikiga mehmonga bordi. U kishi badavlat edi. Yetmish nafar turk va hind quli bor edi. Mezbon shikoyatga o‘tib dedi: “Xudo menga mol-u davlat berdi, lekin uni saqlashga ojizman, farzandlarim salohiyatsiz bo‘lsalar, qullarimizning sabr-u toqatlari yo‘q. Shu sababdan mol-u dunyoimga nuqson etmasa, deb qo‘rqaman”. Temurbek gapga aralashib dedi: “Ey ota, farzandlaringga mollaringni bo‘lib ber va ularni o‘z mol-u mulkiga dohil qilginkim, ular o‘z-o‘zlari bilan ovora bo‘lib qolsinlar. So‘ng uch qulni bir qulning ixtiyoriga topshir. Ularning har birini yetmishdan qulning amiri qil. Keyin yetmish qulga bosh bo‘lgan yettita qulni bir-birining ta’zim va tashrifiga buyur. Ularni ko‘zdan qochirma, chunki bir-birlari bilan ko‘p suhbatlashmasinlar”. Mezbon hayratda qolib, Muhammad Tarag‘ayga boqdi. –“Bu farzanding jahonga podsho bo‘ladi, chunki yetti yoshida shunday fikrladimi, undan ko‘p narsa kutish mumkin, - dedi va shu zahoti qalam, qog‘oz olib kelib, Temurbekdan xat yozdirib oldiki, davlat qushi boshiga qo‘ngach, uning farzandlari, zurriyoti va yaqinlaridan xiroj olmasin, ularning gunohlaridan o‘tsinlar, qavmi tarxon qilinsin”,1-dedi.

    Amir Temur oliy o‘quv yurti — madrasaning boshlang‘ich davrini muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng tahsilni oliy maqsadda davom ettirdi. Bolaning teran fikrlash, yuksak qobiliyati ustozlarini lol qoldirardi. Temurbek uncha-muncha talabalarni qiynab qo‘yadigan murakkab masalalarni zumda yechar, uning uchun har qanday vazifaning hech qanday qiyinchiligi yo‘q edi.

    O‘qish davomida u jahon mamlakatlarining tarixi, islom ta’limoti va huquqshunosligini, handasa, riyoziyot, jug‘rofiya va falakiyot ilmlarini puxta o‘rgandi. O‘n sakkiz ming olam, yetti falak borligini, tiriklik bir sinov ekanligini tushunib yetdi. Eng muhimi, uning ma’naviy olami boyidi: bir o‘qigan narsasi esida mahkam o‘rnashib qolardi, nafaqat Qur’oni Karimni, arab-turk mashoyixlarining durdonalarini yod olar, behad jarangdor va yoqimli ovozi kishilarni o‘ziga rom etar, dillarga zavq-shavq bag‘ishlardi.

    Temurbek o‘z davrining buyuk allomasi bo‘lishi mumkin edi, ammo u yashagan davr yosh bola qalbiga ta’sir etmasdan qolmadi. Ba’zi muarrixlar uni o‘z xohishi bilan harbiy o‘yinlar o‘ynagan, deya yengil-yelpi fikrlar atrofida o‘ralashadilar. Turon bolalari qadim-qadimdan nafaqat “urush-urush” o‘yinini, balki chillak, quloqcho‘zma, ko‘pkari, kurash va boshqa xalq o‘yinlari bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar. Temurbek xalq sayllarida “Poyga”, “Oq suyak”, “Podshoh-podshoh”, “Churkes”, “Takalovlov” kabi o‘yinlarda doim tengqurlarini yengib g‘olib bo‘lgan va el olqishini olgan.

    Bo‘lajak sohibqironga Bahodir Barlosning navkari Haqqul polvon, tog‘asi Abdulla merganlar unga kurash, yugurish, tosh ko‘tarishni o‘rgatishgan.

    Temurbek chavandozlikni, o‘ng va chap qo‘llarida qilich chopishni, Amudaryoda suzishni yaxshi ko‘rgan, to‘rtta shaxmat doskasida dona surgan, elliklikka kirgan ya’ni ellik yigitga bas kelgan.

    Temurbekning baquvvat va polvon bo‘lganligini hozirgi Yakkabog‘ tumani Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘idagi “polvontosh” ham isbotlaydi. Ko‘kimtir rangda to‘rtburchak, sal uzunchoq yo‘nilgan bu toshning og‘irligi 96 kilogramdir. Rivoyat qilishlaricha, Temurbek polvontoshni shu yerdan tepalikka olib chiqib tushgan, qo‘llarida o‘ynatgan. Bayram hayitlarida yigitlar polvontoshni ko‘tarishgan. Hozir ham mazkur polvontosh saqlanmoqda (J.To‘xliyev. Temurbek ko‘targan tosh. Qarshi 2018)

    Temurbek yoshlikdan chavandozlik, qilichbozlik, suvda suzish, kurash tushish mashqlari bilan tanasini chiniqtirgan bo‘lsa, ilm bilan ham o‘zini ziynatladi va u hech qachon uch marotaba qo‘l yuvmasdan turib, kitobni ushlamas edi. U “Kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”, deb bot-bot ta’kidlardi. Temurbek o‘z tengqurlari orasida ancha yuksak iste’dodli bo‘lgan. Qattiqqo‘lligi, qo‘rqmasligi va tadbirkorligi, sezgirligi bilan tengdoshlaridan alohida ajralib turgan. Yoshligidan tengqurlari, hatto kattalarni ham o‘ziga jalb etgan. Temurbek 12 yoshgacha tengqurlari ichida ustun bo‘lsa, so‘ngra undagi saltanat taxti sari hukmdorlik, jahongirlikka tayyorlanish fazilatlari shakllana boshlagan. Amir Joku, Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Qutb kabilar murabbiylik qilishgan.

    Temurbekning yoshligi chingiziylarning mustamlakachilik yillariga, og‘ir davrlarga to‘g‘ri keldi. Zulm iskanjasida bo‘g‘ilgan eli, vayron bo‘lgan Vatani ozodligi uchun u harbiy dunyoga yuz burishga majbur edi. Temurbekning yana bir iste’dodi –yosh yigit umr yo‘lini, maqsadini, yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilay oldi, inson uchun bu juda muhim jihatlardir. Ayrimlar esa umr bo‘yi o‘z yo‘lini topolmay, hayot so‘qmoqlari, changalzorlararo sarson-sargardon kezib, oxir-oqibat xarob bo‘ladilar. Temurbekning yana bir xislatini – do‘stlar tanlay bilish odatini alohida qayd etib o‘tish joiz, zero, uning qirq nafar tengdoshi o‘ziga o‘xshagan dovyurak, zamonni tushunadigan, el-yurti uchun jonini beradigan yigitlar edi.

    Amir hoji Sayfiddin, Umar Abbos, Joku Barlos, Idiku Temur, amir Sulaymon, amir Dovud Barlos, Amir Muayyat Barloslar o‘sha zamon vazir va amirlarining farzandlari bo‘lib, Temur bilan birga yurt ozodligi uchun kurashishga qasamyod qilgan edilar.

    Sohibqironning har bir farzandi va nabirasi otda yurish, qilichbozlik, o‘q-yoydan foydalanish, arqon tortish, suzish, yugirish hamda boshqa jismoniy mashqlarni puxta o‘zlashtirgan. Boshqacha aytganda, ularning bo‘sh va bekorchi bo‘lib yurishlariga yo’l qo‘yilmagan.

    Temurbek hayotida 12 yoshidan boshlab jiddiy ta’lim-tarbiya hamda davlat boshqaruviga puxta tayyorlangan. Masalan, Mirzo Ulug‘bekka balog‘at yoshigacha Shoh Malik otaliq etib belgilangan edi.

    Sohibqiron o‘z o‘gitlarida ham insonlarni jismoniy kamolotga chorlagan: “Bel ushlaganda otangni ayama”, “Bilagi zo‘r – birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni”.

    Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo 1404-yil 13-oktabrda Amir Temur saroyidagi tantanalarida kurash uyushtirilganligini bayon etgan: “Shahzoda (ya’ni Pirmuhammad) oldida kalta, yengsiz charm kamzul kiygan ikki kishi kurash tushar, bir birini yiqitolmasdi. Pirmuhammad: ikki kishidan biri ikkinchisi yiqitib, turishga yo‘l qo‘ymay uzoq vaqt bosib turdi. Aytishlaricha, yiqilgan kishi birdan turib ketsa, uning yengilgani inobatga olinmasdi” (Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga - Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406-yillar). T., 2010, B.178).

    Xullas, Temurbek yoshligidan aqlli, ziyrak va dono bo‘lib o‘sgan. Uning har tomonlama kamolotga yetishida ota-onasi, shuningdek, o‘z davrining e’tiborli va mashhur siymolari, allomalarining ta’lim-tarbiyasi katta rol o‘ynagan. Shu boisdan ham Temurbekning yoshlik davridagi ta’lim-tarbiya va jismoniy kamoloti sohasidagi fazilatlari hozirgi davrda ham yoshlarimiz uchun ibrat namunasi bo‘lib qoladi.




    Download 5,41 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151




    Download 5,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CHAQIRIQQACHA YOSHLARNI TAYYORLASHDA AMIR TEMUR

    Download 5,41 Mb.