O‘RTA MAXSUS HARBIY TA’LIM TIZIMIDA AMIR TEMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARINI O‘RGANISHNING ZARURIY AHAMIYATI
Yunusov A. A. – Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” tarix fani o‘qituvchsi
Ulug‘ ajdodimiz, jahon tarixida mashhur sarkarda, iste’dodli davlat arbobi, buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning hayotlarida kechgan ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari, davlatchilik va diplomatiya munosabatlari, harbiy-vatanparvarlik mahorati, bunyodkorlik salohiyati, ilm-u fan, san’at va me’morchilikka homiylik asosidagi qarashlari hamda biz yosh avlodlarga qoldirgan qimmatlio‘gitlarini o‘rganish, insonni ulug‘lovchi ezgu ishlari haqida bildirgan fikrlari, din-u diyonat va adolatni qaror toptirish, saltanat ishlarini kengash va tadbirlar asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatlarini o‘ylab ish tutish hamda siyosat yuritish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini o‘quvchi-yoshlar ongiga to‘laqonli yetkazish bugungi kun zamon talabidir. “Temur tuzuklari” nomi bilan atalmish bu bebaho tarixiy asarni o‘rta maxsus harbiy ta’lim tizimida o‘quvchi yoshlarga harbiy akademik litseylarning 1-bosqichdan boshlab, maxsus kurs, tarix fanidan to‘garak yoki haftaning belgilangan kunlaridagi mustaqil tayyorgarlik soatlarida tarix fani o‘qituvchisi tomonidan o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.Zero, sohibqiron Amir Temurning mazkur tarixiy asari nafaqat harbiy-vatanparvarlik jihatidan, balki bugungi kun talablariga ham har jihatdan mos va ibratli ekanliginibirgina ulug‘ sarkardaning quyidagi fikr va so‘zlaridan bilib olishimiz mumkin: “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroq”.
Shu nuqtayi nazardan qaralganda, mana, qariyb yetti asrdirki, bu ulug‘ zotning shon –shuhrati, hayoti va faoliyatiga bo‘lgan qiziqish jahonning turli mamlakatlarida tobora ortib bormoqda. Jumladan, Amir Temur bobomiz haqida ingliz dramaturgi Kristofer Marlou 1588-yili tarixiy pyesa, mashhur nemis kompozitori Georg Gendel 1724-yili opera, amerikalik adib Edgar Po esa 1827- yili she’riy poema yaratganlar.
Fransiyalik taniqli olim Lyus’en Keren tomonidan 2006-yili xalqaro miqyosda keng nishonlangan sohibqironning 670 yillik tavallud to‘yi arafasida Parijda fransuz tiliga tarjima qilingan “Samarqandga, Amir Temur davriga sayohat” nomli tadqiqoti bu fikrning yaqqol tasdig‘idir. Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan. Xususan, 1553-yili Italiyaning Florensiya shahrida italiyalik olim Perondino “Skifiyalik Temurlangning ulug‘vorligi” nomli asari bosilib chiqqan bo‘lib, bu yevropalik olimlarning Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti sanaladi. XVI asrda ispan tarixchisi Pero Meksika “Buyuk Temur tarixi” nomli asarini ham chop etadi. 1582-yili esa Sviliyada mashhur ispan elchisi Klavixoning “Esdaliklar” kitobi nashrdan chiqariladi. 1968-yilda o‘zbek faylasuf olimi I.M.Mo‘minovning “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli”risolasini nashr etilishi, jamoatchilikning bu mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordi.
Ming afsuski, sobiq ittifoq davrida sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyatini o‘rganish u yoqda tursin, hatto uning nomini tilga olish ham mutlaqo taqiqlab qo‘yilgan edi. Bu mavzuda berilgan tarixiy ma’lumotlar,yozilgan asarlarda Amir Temur siymosi tarixiy haqiqatga zid ravishda biryoqlama, asosan qora bo‘yoqlarda aks ettirilgan edi.
Mustaqillik sharofati bilan istiqlolga erishganimizdan keyin bu masalada ham tarixiy adolat qaror topdi. Muqaddas yurtimiz zaminida yashab o‘tgan ko‘plab ulug‘ siymolar qatori sohibqiron Amir Temur bobomizning nomi, sha’n-u shavkati va merosi ham qayta tiklanib, bu buyuk zot haqidagi asl haqiqat xolis va haqqoniy yoritilmoqda, tadqiqotlar olib borilmoqda, kitoblar yozilmoqda.
Shuning uchun Amir Temurning azm-u shijoati, mardlik va jasorati bilan Movarounnahr zaminida mo‘g‘ul zulmiga barham berib, xalqimizni qaramlik iskanjasidan xalos etgan, tarqoq va parokanda el-ulusni birlashtirib, mustaqil va qudratli davlatga asos solgan bu ulug‘ siymoning qarashlari bugungi va kelgusi avlodlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.Zotan, o‘tmishni anglash, uni to‘g‘ri tushunish orqali kishilar ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar yasashga, bu orqali hayotni, turmush tarzini, oxir-oqibatda esa jamiyatni ma’naviy isloh qilishga erishiladi.
O‘rta maxsus ta’lim tizimidagi harbiy akademik litseylarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarningI va II kurslarida “Temur tuzuklari” kitobini34 ta mavzu orqali haftasiga 2 soatdan jami 68 soat – I kursda 17 ta mavzu, 34 soat va II kursda 17 ta mavzu 34 soat miqdorida o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quv soatlari asosan umumta’lim fanlari kafedrasi kesimidagi tarix fani o‘qituvchilari tomonidan qo‘shimcha to‘garak mashg‘ulotlari vositasida olib boriladi. Respublikamizdagi “Temurbeklar maktabi” nomi bilan o‘z salohiyatiga ega bo‘lgan harbiy akademik litsey o‘quvchilariga ulug‘ sarkada va davlat arbobi sohibqiron Amir Temur vorislari sifatida mazkur tarixiy asarni chuqur o‘rgatishdan maqsad, ularda insonning hayotiy qadriyatlari sifatida yuksak harbiy vatanparvarlik hissiyotini shakllantirishga, kelajakda mohir sarkarda sifatida teran fikrlashga, Vatan qo‘riqchisi sifatida o‘z kuchi va irodasiga ishonchini o‘stirishga va eng asosiysi maqsad – bo‘lajak harbiylarimizda mustahkam ruhiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan XXI asrda bugungi yosh avlod o‘z qarashlarida kimlargadir taqlid qilish, o‘zini ma’lum bir idealidagi shaxs sifatida ko‘rishda har doim ham sog‘lom va milliy manfaatlarga zid bo‘lmagan dunyoqarashga ega emaslar. Ming afsuski, ko‘pchilik o‘quvchi-yoshlarimiz orasida azaliy milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan bugungi estrada xonandalari-yu g‘arbning g‘ayritabiiy musiqaviy jamoa a’zolariga o‘xshashga, kelajakdagi milliy taraqqiyotimiz ildiziga bolta urmoqchi bo‘lgan ommaviy madaniyat illatlariga ko‘r-ko‘rona intilishga bo‘lgan ishtiyoqlari ham yo‘q emas. Aynan shu tufayli, darsdan keyingi to‘garaklar faoliyati orqali “Temur tuzuklari” tarixiy asarini o‘rganish, bo‘lajak Temurbeklar ong va shuurida, qarashlaridatarixiy shaxslarni gavdalantirishga, ular kabi buyuk inson bo‘lishga, tarixda ulug‘ va xayrli nom bilan qolishga, har qanday holatda shijoatli bo‘lishga, Vatan va millat manfaatlari yo‘lida maqsad sari sobitqadamlik bilan intilishga o‘rgatadi.
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarida A.Temurning “Temur tuzuklari” asarini o‘quvchilarga yetkazish yuzasidan amalga oshirish zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi:
|