GLOBALLASHUV SALBIY OQIBATLARINING CHAQIRIQQACHA BO‘LGAN YOSHLARNING MA’NAVIY KAMOLOTIGA TA’SIRI




Download 5,41 Mb.
bet143/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   151
GLOBALLASHUV SALBIY OQIBATLARINING CHAQIRIQQACHA BO‘LGAN YOSHLARNING MA’NAVIY KAMOLOTIGA TA’SIRI
Kenjayev A. - Nizomiy nomidagi TDPU Harbiy talim fakulteti o‘qituvchisi, zahiradagi podpolkovnik
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni tashabbusi bilan “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarining tashkil etilishi Qurolli Kuchlarimizni salohiyatli askar va ofitser kadrlar bilan ta’minlash qatorida, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va o‘qitishda muhim o‘ringa ega bo‘ladi. Ayniqsa, Qurolli Kuchlar tizimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil etilganligi esa, yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb etishda, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilgan bunday muhim ishlar natijasida armiya mardlik vamatonat, sadoqat maktabiga aylanmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi 2018-yilning 9-yanvarida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi qabul qilish orqali mamalakat mudofaa siyosatining shaffofligini taminlash ko‘zda tutilgan. 2017-2021-yillar uchun belgilangan Harakatlar strategiyasi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan ushbu doktrinada mamalakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha asosiy yo‘nalish va zamonaviy yondashuvlar aks ettirilgan. Mudofaa doktrinasi, shuningdek, xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoit yaratadi. Ushbu hujjat ochiq xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash konseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Mudofaa doktrinasi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo‘shnilarimiz – Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlik milliy xafsizlikning asosiy shartlaridan biridir. Xalqlarimizning tarixi, madaniyati, an’analari, diniy e’tiqodining mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlikning muhim poydevori hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidiagi prinsiplarga asoslangan:

–boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, bundan harbiy tajovuzning oldini olish va uni daf etish hollari mustasno;

–xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar havfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi;

–boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

–harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlararo tuzilmadan, agar u harbiy-siyosiy blok etib o‘zgartirilsa, chiqib ketish huquqini o‘zida saqlab qolish;

–mudofaning yetarli darajada bo‘lishi;

–harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga monand bo‘lishi;

yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg’in qurolini ishlab chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish;

–Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi shartnoma prinsiplariga sodiqlik;

–O‘z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

-Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi;

-Xalqning ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga va o‘ziga xos madaniy urf-odatlariga tayanish.

–O‘zbekiston Respublikasi tinchliksevar siyosatini olib borar ekan, harbiy mojarolarning oldini olishda faol ishtirok etishni ustuvor vazifalardan biri deb hisoblaydi.

Avvalambor, globallashuv–globalizatsiya jarayonlari va ularning mazmun-mohiyatiga qarash lozim. Chunki, ushbu jarayon jahon sivilizatsiyasi tarixida qadim davrlardan boshlab shakllangan jarayon bo‘lib, yagona ilmiy tushuncha “globalizatsiya” holida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida fanga kirib kelgan.

Globallashuv – globalizatsiya tushunchalariga fanda olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilsa-da, ularning yagona mohiyat mazmunini, dunyo hamjamiyatining butun jahon mamlakatlari va xalqlarining yaqinlashuvini anglatadi.

XXI asr insoniyat tamadduniga axborot texnologiyalari va intellektual salohiyat asri sifatida kirdi. Bu asrda insoniyat aqli va tafakkuri yordamida aql bovar qilmas darajadagi texnika va texnologiyalar yaratildi, aynan mana shu texnika va texnologiyalar yordamida hayotning barcha sohalarida yuksak natijalarga erishilmoqda.

Mazkur kashfiyotlarning biri sifatida bugungi kunda eng ommalashgan internet tarmog‘i esa yagona axbort tarqatuvchi manba sifatida bugungi kunda butun dunyo tomonidan e’tirof etilmoqda. Guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi, aynan mana shu manbadan ham o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida foydalanuvchilar chiqib turibdi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda bir kunda dunyo aholisi bo‘yicha 3,8 millard kishi internet tarmog‘idan vaturli ijtimoiy saytlardan foydalanadi. Buesa dunyo aholisining 70 foizi demakdir. Shularning teng yarmini yoshlar tashkil etadi. Internetda bir daqiqada o‘rtacha hisobda tarmoqlarda 45 xabar (turli yangiliklar, reklamalar) kiritiladi.

Endi mana shu statistikaga tayangan holda bir fikr yuritib ko‘raylik:

Bir daqiqada 45 ta xabar qoldirilsa, shulardan atigi 5ta xabar o‘chirilsa,kuniga foydalanuvchi aholi ushbu xabarnomalarga bilib kirsa, kimdir xohlamasdan, kimdir o‘qigan narsasidan to‘g‘ri xulosa chiqarsa, kimnidir esa bu yangilik umuman qiziqtirmasa, yana kimgadir bu narsa qanaqadir kuch bag‘ishlaydi. Bu xabarlarning biri haqiqat bo‘lsa, yana birisi esa kimgadir qilingan tuhmat, kimdandir alamini olish yoki kimgadir berilgan tekin foydasiz maslahatlar. Aynan mana shu internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan va hamma uchun urf bo‘layotgan maslahatlar yo‘l-yo‘riqlar majmuasi “ommaviy ma’daniyat “ nomi ostida jahon sahnasi ostida paydo bo‘ldi.

Ommaviy madaniyat-dunyo madaniyatlarining qo‘shilishi, aralashishi, milliy madaniyatlarning sekin astalik bilan yo‘qolib borishidir.Endi bir o‘ylab ko‘raylikchi, milliy ma’daniyat yo‘qolib,butun dunyo bitta madaniyatga bo‘ysunsa, amal qilsa shu madaniyatni keltirib chiqargan, xalq qayerda qoladi, millat qayerda qoladi? Uning ming yillik tarixi-chi?

Bir qarashda arzimas, e’tibor berilmas darajada ko‘ringan bu narsa vaqti kelib bitta inson yoki mahallada yoxud shaxs taqdiriga va kelajagiga emas, balki butun bir millat kelajagiga, tarixiga, ildiziga, urilgan bolta bo‘ladi. Shunday ekan, biz bu jarayonga qarshi kurashni avvalambor fuqarolarda g‘oyaviy va ma’naviy immunitetni shakillantirishdan boshlashimiz lozim. Buning uchun esa birinchi navbatda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni, ayniqsa endi turmush qurayotgan oilalar tuman FHDYO bo‘limlarida ma’naviy targ‘ibot markazlarini tashkil qilish kerak.

Bunday markazlar tomonidan oilalarga, bo‘lajak ota-onalarga oila, uning muqaddas dargoh ekanligi, farzand tarbiyasi kelajakda jamiyatda qanday inson sifatida kirishi, bevosita ularning bugungi kunda unga ko‘rsatayotgan yo‘l-yo‘riqlariga daxldor ekanligi,bu esa farzand kelajagi uchun qayg‘urish ota-ona oldidagi muqaddas burch ekanligini ularga tushuntirish va mazmun-mohiyatini yetkazib berish lozim. O‘z tarixini avlod–ajdodi kimligini, o‘zligini anglagan, milliy o‘zligini anglagan, bilmagan unutmagan inson har qachon o‘z tanlagan yo‘lidan og‘ishmay harakat qilib, Vatan va xalq manfaati kelajagi uchun o‘zini daxldor sezib harakat qiladi.  




Download 5,41 Mb.
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GLOBALLASHUV SALBIY OQIBATLARINING CHAQIRIQQACHA BO‘LGAN YOSHLARNING MA’NAVIY KAMOLOTIGA TA’SIRI

Download 5,41 Mb.