• VATANPARVALIK” TUSHUNCHASINI BAHOLASH
  • TALABALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH




    Download 5,41 Mb.
    bet140/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151
    TALABALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH

    PRINSIPLARI, BOSQICHLARI, USULLARI
    Uzoqov A. M.– Buxoro davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikl boshlig‘i, leytenant
    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon bo‘lib, u bir-biriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar majmuasidan iborat.

    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi.

    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari muntazam ravishda tizimli va ilmiy asosda tashkil etiladi.

    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi quyidagilardan iborat:

    –ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari;

    –ommaviy va harbiy-vatanparvarlik ishlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek boshqa tashkilotlar.

    Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

    – ilmiylik;

    –tarixiylik;

    –aniqlik va tezkorlik;

    –muntazamlilik;

    –faollik;

    –ta’lim va tarbiya ishlarining uyg‘unligi;

    –tarbiya jarayonining izchilligi;

    –harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.

    Yoshlarniharbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, ko‘nikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan iborat.

    Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari hisoblanadi:

    –ishontirish;

    –mashq qildirish va mustaqil ishlash;

    –kuzatish;

    –rag‘batlantirish;

    –o‘rnak ko‘rsatish va shaxsiy namuna.

    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

    Bunda quyidagi shakllarustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi:

    –ma’ruza o‘qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;

    –boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lishgan shaxslar bilan uchrashuvlar;

    –ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;

    –to‘plangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish;

    –jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish;

    –teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo‘shiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron o‘yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;

    –urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;

    –harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini o‘tkazish va ekskursiyalar uyushtirish.

    Davlat yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini tashkil etish, uning natijalari monitoringini yuritishni ta’minlaydigan asosiy institut hisoblanadi. Davlat yosh avlodning tarbiya jarayonini oilada, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida, harbiy xizmat davomida, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, turli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari doirasida tashkil etadi.

    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:

    a) birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qo‘shiqlar o‘rgatish, multfilm va turli o‘yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona-yurtga muhabbatni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi:

    –harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish maqsadida ertak va hikoyalar aytib berish;

    –ona-Vatanga muhabbat, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani bilan bog‘liq mavzulardagi she’r va qo‘shiqlarni yod oldirish;

    –bolalarning tasavvurini kengaytirishga doir rasmlar chizdirish va jismoniy qobiliyatini mustahkamlash uchun turli musobaqa va tanlovlar tashkil etish, shu orqali ularni ma’naviy rag‘batlantirish;

    –harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi multfilmlar namoyish etish va turli o‘yinlar o‘tkazish;

    –harbiy muzeylar va harbiy-vatanparvarlik mavzusi bilan bog‘liq madaniyat va istirohat bog‘lariga ekskursiyalar uyushtirish;

    b) ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagilar) o‘quvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy xizmat nufuzini ko‘tarish, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, keng dunyo qarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga da’vat etiladi. Bu bosqichda:

    –zamonamiz qahramonlari haqidagi maqolalar, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish;

    –umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, mavzuli kechalar va qo‘shiq tanlovlari tashkil etish, spektakllardan lavhalar namoyish qilish;

    –o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Vatanimni ko‘z qorachig‘idek asrayman”, “Yurt taqdiri-mening taqdirim” mavzularida insholar tanlovini tashkil etish;

    –sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Temurbekning izdoshlari”, “O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur” kabi mavzularda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etish;

    –harbiy-vatanparvarlik mavzusida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar namoyish etish va ularning muhokamasini o‘tkazish;

    –darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga buyuk sarkardalarimizning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ularning jasorati, fidoyiligi va qahramonliklari to‘g‘risida yorqin misollar asosida hikoya qilib berish;

    –“Temurbeklar maktablari”, oliy harbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar tashkil etish;

    –“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;

    –umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Temurbek vorislari” harbiy-sport o‘yinlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga alohida ahamiyat berish;

    v) uchinchi bosqich (16-18 yoshdagilar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Mazkur bosqichda yuqoridagi vazifalarga qo‘shimcha ravishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:

    –yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, harbiy xizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirib borish;

    –o‘quvchi yoshlarning nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida mudofaa ishlari bo‘limlari va harbiy qismlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli sermazmun va qiziqarli tadbirlar tashkil etish;

    –milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berib borish;

    g) to‘rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va ma’naviy qobiliyati, yetakchilik ko‘nikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni o‘z ustida muntazam ishlash, sog‘lom hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. Ushbu bosqichda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi:

    –yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, ota-ona va Vataniga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashning ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvur va bilimlarni yanada boyitish;

    –Vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lish va Qurolli Kuchlar safida xizmat burchini o‘tayotgan yoshlar bilan faxrlanish, konstitutsion burch va harbiy qasamyodga sodiqlik tuyg‘ularini shakllantirish;

    –Harbiy xizmat sharoitlariga moslashish va harbiy ixtisosliklarni puxta egallash, har qanday qiyinchilikka tayyor turish, matonat va jasorat fazilatlarini mustahkamlash, qurol-aslaha, harbiy texnika, davlat va harbiy mulkni asrab-avaylash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

    –Jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, harbiy jamoada qaror topgan o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish;

    –Yoshlarning o‘z tanlagan kasbini puxta egallashi va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaqindan ko‘maklashish;

    –Kitobxonlikni keng targ‘ib etish, jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishda badiiy asarlarning roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;

    –Milliy mafkuramizga zid bo‘lgan yot g‘oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni, o‘ziga ishonch, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash;

    –Yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va o‘zining mustaqil fikr-mulohazalarini aniq bayon eta olish, mas’uliyatni his etish, qat’iy tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarini shakllantirish, ularni qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatish.

    Talabalarda vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholashda sevimli xalqning shon-sharafi, qadr-qimmati, madaniyati va an’analariga ehtiyotkorlik bilan qilingan munosabatda o‘z ifodasini topadi. Vatanparvarlik fuqarolar yakdilligi yosh va mustaqil O‘zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o‘zgartirish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishga yordam beradi.

    VATANPARVALIK” TUSHUNCHASINI BAHOLASH


    Download 5,41 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151




    Download 5,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TALABALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH

    Download 5,41 Mb.