Temurbeklar maktabi




Download 5,41 Mb.
bet142/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   151
Vatanparvarlik– o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma’rifatda, fan va texnikada, madaniyat va san’atda nimaiki yangi va ilg‘or jihatlar bo‘lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O‘zbek diyorida, tarixda ko‘p marta bo‘lganidek, yana yangidan o‘zimizning betakror va ilg‘or, iqtidorli va eng muhimi - insonlarga kerakli qadriyatlarimiz barpo etilmoqda.

Butun jahonga mashhur bo‘lgan Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘pgina mutafakkirlarning pedagogik qarashlarida vatanparvarlik, Vatanga muhabbat tuyg‘usi keng talqin qilingan.

O‘zbekistonning kuch-qudrat manbai-xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Umuminsoniy qadriyatlar adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va vatanparvarlik bo‘lib hisoblanadi. Xalqimiz bu qadriyatlarning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab - asrab kelmoqda.

Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etib, o‘sib kelayotgan avlodning barcha ezgu imkoniyatlarini unda namoyon qiladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, keksa avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Bizning davlatimiz mutaxassislar tayyorlashning ilg‘or jahon tajribasini faoliyatga keng tatbiq etadi. Avvalo, O‘zbekistonning o‘zida yuqori sifatli ta’lim uchun sharoitlar yaratadi. Bizning xalqimizning doimiy fazilati bo‘lgan haqiqatni bilish yo‘lidagi sabot fan, texnika, texnologiya, boshqaruv va informatikada erishilgan jahon yutuqlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda respublikadagi oliy ta’lim tizimida yangi avlod darsliklari yaratilmoqda, ta’lim jarayonida faol o‘qitish metodlaridan foydalanilmoqda, ammo talaba shaxsi, uning bilimga intilishi, mustaqil mushohada qilishi, ma’naviy madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari, vatanparvarlik darajasini baholash kabi masalalar dolzarb muammo bo‘lib qolaveradi, chunki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyoti bevosita uning ma’naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu negizlar:

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

- vatanparvarlikdan iboratdir.




Download 5,41 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   151




Download 5,41 Mb.