YOSHLARDA MILLIY MAFKURANI SHAKLLANTIRISHDA
INFORMATIKANING O‘RNI
Berdiyev R.K. –“Kamoliddin Behzod nomidagi” milliy rassomlik va dizayn instituti informatika va menejment kafedrasi katta o’qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinib, unda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimov qator vazifalarni belgilab berdilar. Bu vazifalarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlash hamda ta’limning moddiy-texnik bazasini yangi o‘quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar va jumladan, kompyuter texnikasi bilan ta’minlashni keltirish mumkin. Bu dasturda ta’lim jarayoniga o‘quv-uslubiy majmualar hamda didaktik va axborot texnologiyalarini joriy etish muammosi qo‘yilgan, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini yaratish asosiy vazifalar qatorida keltirilgan.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tizimi to‘g‘risida o‘quv jarayonining moddiy-texnika bazasi va sifatli o‘quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo‘llanmalarning yetarli darajada emasligi ko‘rsatib o‘tilgan1.
Shu munosabat bilan barcha o‘quv muassasalarida, oliy o‘quv yurtlari, akademik litsyelarda ta’lim tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni o‘rganish va ularni o‘zimizda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan mamlakatlar qatorida Respublikamizda ham zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Fan va ta’limning barcha sohalariga infokommunikatsion texnologiyalarni keng miqyosda qo‘llash, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish, xalqaro axborot tizimlarini joriy etish, shu jumladan, Internetni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 9 ta farmon va qarorlari, 18 ta hukumat qarorlari va 45 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining farmoni va qarorlarini keltiramiz:
1997-yil 27-iyulda“Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1823-sonli farmoni;
2002-yil 30-mayda “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–3080-sonli farmoni; 2005-yil 2-iyunda “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarori;
2005-yil 8-iyulda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori;
2005-yil 28-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-191-sonli qarori;
2007-yil 3-aprelda “O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-614-sonli qarori;
2012-yil 21-martda“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-sonli qarori;
2013-yil 20-sentabrda “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2042-sonli qarori;
2013-yil 25-sentabrda “Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2045-sonli qarorlari bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Ta’lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o‘quv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ixtiyoriy fanlar bo‘yicha yaratiladi.1
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida o‘zining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi bilan birga, bilim saviyasini ham doimiy ravishda oshirib borishini shu bilan birgalikda o‘z bilimini internet tarmog‘i orqali yosh avlodga yetkazib berishni davr talab etmoqda.
Bu quyidagilardan iborat:
Jamiyat va fanning global rivojlanishining o‘sish darajasi;
Ilmiy, uslubiy va boshqa turdagi materiallarning chop etish suratining o‘sishi va ilmiy izlanishlarning murakkablashib rivojlanib borishi.
Ma’lumki dunyoda ilmiy izlanishlar bo‘yicha axborotlar doim o‘sib, ularni tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda.
Hozirgi kompyuter asosidagi telekommunikasion aloqa orqali ya’ni veb saytda an’anaviy o‘qitish uslubidan foydalanib yuqori saviyada o‘quvchilarga bilim berish va harxil ko‘rinishdagi o‘quv materiallarni va video ishlanmalarniyetkazib berish imkoniyati mavjud.
Internetda sayt yaratish ijobiy axborotni tarqatishdagi vaqtni tejaydi va moliyaviy to‘siqlarni yo‘qotadi. Ta’lim olish tizimining samaradorligi oshadi va o‘qitish tezlashadi.
Bugungi kunda internetda salbiy axborotlar ko‘lami kengayib bormoqda, yosh avlodni axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, ularning hayot yo‘llarini to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan va jamiyat talablariga javob beradigan axborotga to‘la bo‘lgan veb saytlar ko‘lamini kengaytirishimiz maqsadga muvoffiqdir.
Yuqoridagilarni hisobga olib mamlakatimizda barkamol avlodni komil shaxs sifatida shakllantirishda axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz.
|