YOSHLARNI CHAQIRIQQA QADAR TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XURUJLARINING TA’SIRI
Azimov R.X.– Nizomiy nomidagi TDPU Harbiy ta’lim fakulteti maxsus tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi
Axborot-psixologik xuruj tushunchasiga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. MDH maxsus xizmatlari mutaxassislarining fikricha, axborot-psixologik xuruj bu – raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar yetkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operatsiyalar majmuidir.
Axborot-psixologik xurujlarining asosiy maqsadi esa raqib davlat va xalq o‘rtasida ishonchsizlik uyg‘otib, aholida shubha, ikkilanish, parokandalik, tartibsizlikni keltirib chiqarishdir.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, axborot-psixologik xurujlar qadim zamonlardan qo‘llanib kelingan. Bunga misol qilib, miloddan avvalgi VI asrda yashab o‘tgan Xitoy faylasufi va harbiy arbobi general Sun Szini keltirishimiz mumkin. U biz ta’kidlayotgan axborot-psixologik xurujlarni qanday amalga oshirish usullarini quyidagicha bayon qilgan:
– dushmaningiz mamlakatidagi hamma yaxshi narsalarni parokanda qiling;
–dushmanning ko‘zga ko‘ringan arboblarini jinoiy ishlarga jalb qiling;
–dushman rahbarlarining obro‘sini to‘king va payti kelganda ularni jamoatchilik oldida sharmanda qiling. Shu maqsadda eng qabih va razil odamlar bilan hamkorlik qilib, ulardan foydalaning;
–o‘zingizga dushman mamlakat fuqarolari orasida nizo va to‘qnashuvlar keltirib chiqaring;
–yoshlarni keksalarga qarshi gijgijlang;
–barcha vositalar orqali hukumat ishiga xalal bering;
–dushman qo‘shinlarining yetarli ta’minlanishiga va ularda tartib saqlanishiga barcha usullar bilan to‘sqinlik qiling.
–dushman jangchilari maylini ashula va musiqalar bilan band qilib qo‘ying;
–dushmanlaringizning an’analarini qadrsizlantirish va o‘z xudolariga ishonchini yo‘qotish uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani qiling;
–ma’naviy buzilishni avj oldirish uchun yengil tabiatli ayollarni yuborib turing;
–axborot va sheriklar sotib olish uchun taklif va sovg‘alarga saxiy bo‘ling. Umuman pulni ham, va’dalarni ham ayamang, chunki ular ajoyib natijalar beradi.
Buni qarangki, inson ongi va qalbi uchun kurash qadimgi hunarlardan ekan. Negaki, mohiyat deyarli o‘sha. Xoh internet, xoh ommaviy axborot vositalari orqali bo‘lsin, bugun ham axborotdan g‘arazli maqsadlarda foydalanayotganlar, turli manfaat, maqsadlar yo‘lida boshqa davlat, millatga axborot-psixologik ta’sir o‘tkazishga urinayotganlar usul-uslublarida Qadimgi Xitoy faylasufi aytib o‘tgan omillar ko‘rinadi.
Hozirgi zamonda axborot xurujlarini amalga oshirishda raqiblar asosan quyidagi usullardan foydalanadi:
– dezinformatsiya (yolg‘on axborot tarqatish) – psixologik ta’sir ko‘rsatishning bir ko‘rinishi bo‘lib, raqib tarafni chalg‘itish maqsadida yolg‘on axborot tarqatiladi. Bunda haqiqiy axborot bilan yolg‘on axborot aralash ko‘rinish oladi;
– manipulyatsiya (omma ongini boshqarish) – omma ongini turli g‘oyalar, ko‘rsatmalar, motivlar, stereotiplar taxlit orqali subyekt manfaatlariga moslashtirish. Voqelikni noto‘g‘ri idrok qilish orqali soxta, yolg‘on tushuncha yoki tasavvur hosil qilinadi;
– targ‘ibot – omma ongida OAV yordamida ma’lum g‘oyalarni tarqatish va ommalashtirish;
– inqirozli holatlarni boshqarish – asosan iqtisodiy va siyosiy sohalarga qaratilgan bo‘lib, ma’lum guruh yoki davlat qiziqishlarini ko‘zlaydi. Avvaldan tanlab olingan shaxslarga yashirin ko‘rinishda ta’sir ko‘rsatiladi;
– ig‘vogarlik – ma’lum guruhlar va shaxslar tomonidan davlatning konstitutsion tuzumiga yoki qonuniy asoslariga qarshi harakatlarni amalga oshirish;
– tuhmat (bo‘hton) – biror obyektni obro‘sizlantirish, sha’nini bulg‘ash maqsadida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish;
– diskreditatsiya (obro‘sizlantirish) – omma orasida davlat rahbarlari, jamoat tashkilotlari, ayrim shaxslar obro‘sini, siyosiy yechimlar, tadbirlar ahamiyatini tushirish va ularga salbiy ta’sir ko‘rsatish;
– omma diqqatini jalb etish – biror voqea, hodisa, ish yuzasidan haqiqiy ma’lumot panada qoldiriladi, shov-shuvga sabab bo‘ladigan tadbirlar amalga oshiriladi;
– mish-mish gaplarni tarqatish – mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatish. Asosan davlat va jamiyatdagi bo‘shliq joylarga asosiy zarba beriladi hamda siyosiy va ma’naviy yetuk bo‘lmagan shaxslar obyekt sifatida tanlab olinadi;
– fitna – maxsus axborot harakati bo‘lib, raqibni muvaffaqiyatsizlikka (mag‘lub bo‘lishlikka) olib boruvchi variantni tanlashga majburlanadi.
Axborot xurujlari quyidagi asosiy omillarga tayanadi:
harbiy qurolli to‘qnashuvga qaraganda kam xarajat talab etadi va samarali natija beradi;
dushmanga (raqibga) sezdirmagan holda o‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoni mavjud;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi qurol ishlab chiqarishga nisbatan tez va arzonroq kechadi;
universallik, yashirinlik, ta’sir ko‘lami kengligi, joy va vaqtni tanlash imkoniyati, natijaviyligi axborot xurujlarini qurolli kurash maydonida katta kuchga aylantiradi.
Hozirgi davrda axborot xurujlarini tashkil etuvchi va tarqatuvchi asosiy maydon – bu global internet tarmog‘idir. Internet axborot makonining muhim bo‘g‘ini hamda axborot xurujlarining eng samarali vositalaridan biri biri bo‘lib qolmoqda.
Biz o‘qituvchi-ustozlar, yoshlarimizni axborot-psixologik xurujlari ta’siriga tushib qolishining ijtimoiy omillari va uni bartaraf etish yo‘llari xususida quyidagilarni e’tiborga olishimiz zarur:
|