Temurbeklar maktabi




Download 5,41 Mb.
bet111/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151
Ikkinchidan, “Temurbeklar maktabi” haqida O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi tomonidan doimiy ravishda tashkil etilayotgan ko‘rsatuvlar, targ‘ibot videoroliklari ham yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga yordam bermoqda.

Uchinchidan, Qurolli Kuchlar tizimidagi barcha kuch tizimlari hamkorligida ishlab chiqilgan va amaliyotgan kiritilgan “2018-yilda yoshlar va harbiy xizmatchilar (kursantlar va tinglovchilar)ni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarning nazorat rejasi” asosida tashkllashtirilayotgan tadbirlarda bir necha kuch tizimlari vakillarining ishtirok etishlar ularni qiziqarli va samarali bo‘lishiga xizmat qildi. Hamkorlikdagi bunday ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiqdir.

To‘rtinchidan, har qanday jangovar vazifani bajarish, jangovar holat natijasi shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligiga bog‘liq. Harbiy texnika qanchalik kuchli va zamonaviy bo‘lmasin uni inson boshqaradi. Shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar ichki nizomida komandir shaxsiy tarkibning harbiy intizomi va axloqiy-ruhiy holatiga javob berishi ko‘rsatilgan.1 Lekin u bevosita mazkur jarayonlar bilan shug‘ullanmaydi balki tashkilotchi sifatida faoliyat yuritadi. Ta’kidlash kerakki, bevosita amalga oshiruvchi bilan tashkilotchi orasida katta farq bor. Mana shundan kelib chiqqan holda Qurolli Kuchlar akademiyasining bakalavr hamda magistr bosqichlarida tarbiyachi ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni qayta tashkil etish kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan edi va bu muammo o‘z ijobiy yechimini topdi. 2015-yilda tugatilgan tarbiyachi ofitserlar mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash 2018-yildan qayta tiklandi. Faqat mazkur yo‘nalishga kursantlarni qabul qilishda ularni tashkilotchilik salohiyatini, gumanitar fanlardan bilim darajasini alohida sinovdan o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Qurolli Kuchlar akademiyasiga qabul qilingan kursantlar orasidan qo‘mondonlik taktik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo‘nalishidagi fakultetga kursantlarni tanlab olinishi maqsadga muvofiq emas. Shu bilan birga Qurolli Kuchlar akademiyasida qo‘mondonlik taktik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo‘nalishida ofitserlar uchun kurslarni ochilishi ham kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.

Xulosa qilib aytganda, aniq va rejali asosda tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi jarayoni kelajakda mustaqil yurt himoyachilarini haqiqiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda hamda Qurolli Kuchlar uchun munosib harbiy kadrlar zahirasini yaratishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.




Download 5,41 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151




Download 5,41 Mb.