Jumaniyozova M. –O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Urganch “Temurbeklar maktabi” fizika fani o‘qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi
O‘zbekistonda yashayotgan barcha insonlar uchun Muqaddas va buyuk bo‘lgan mustaqil Vatanimiz har bir qarich yeri biz uchun aziz. Ona zamin tuprog‘imizni ko‘z qorachig‘iday avaylab asrash muqaddas burchimizdir. Prezidentimiz Sh.M.MirziyoevVatanimiz sarhadlarini qo‘riqlaydigan, har tomonlama bilimga ega vatanparvar shaxslarni tarbiyalashda “Temurbeklar maktabi”harbiy-akademik litseylariga alohida e’tibor bermoqdalar. Yurtimiz tinchligi,osmonimiz musaffoligi tayanch tog‘lardek, chegara qo‘rg‘onlari- harbiylarimizga bog‘liq. Dunyoga yuz tutgan O‘zbekistonimizda mustaqil Vatanimizni asraydigan, qo‘riqlaydigan, zamonaviy texnika qurollarini kelgusida boshqaradigan, yuragi shu Vatan ishqi bilan yonadigan mard o‘g‘lonlarni, yosh Jaloliddin, Temurbeklarni tarbiyalash masalasi shu kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bunday yoshlarni tarbiyalashda harbiy akademik litseylarda barcha fanlar jumladan, fizikani o‘qitishda o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhidatarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.Fizika fani o‘qituvchisi har bir darsda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda mavzuni harbiy texnika, harbiylik kasbi bilan bog‘lab o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Akademik A.F.Ioffe «Fizika – bu texnika” - deganlaridek rivojlangan texnika asrida texnikani harbiylar boshqaradi. Koinot bag‘rida hozircha hayot baxsh etilgan noyob sayyora – Ona zaminimizni ham planetar tafakkurga ega bo‘lgan shaxslar - harbiylar asraydi.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda “Yerni kosmik zondlash orqali tuproq va ekinlarning holatini baholash”ga e’tibor berish zarurligini ta’kidladilar. Strategiyadagi vazifalarni samarali amalga oshirish salohiyatli harbiykadrlar bilan ham bog‘liq.Harbiy kadrlarni tayyorlashga zamin yaratishda “Temurbeklar maktabi”dazamonaviy ta’lim uslublarini qo‘llash fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish zamon talabi. Bunda texnika bilan bog‘liq fizika fanining ham nufuzi katta. Ko‘pchilik o‘quvchilar harbiy litseyni tugatib, oliy harbiy texnika dargohiga kirishda fizika fanidan yetarli bilimga ega emaslik muammosiga duch kelmoqda.Bunga sabab: fizika fani ikkinchi bosqich deb qaralishi bilan birgalikda, fizika fanidan ishlab chiqilgan 154 soatlik o‘quv dasturi orqali berilgan bilimni o‘zi harbiy texnika yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtiga kirishda yetarli emasligi. Chunki harbiylik kasbi zamonaviy texnika, texnika esa fizika fani bilan chambarchas bog‘liq. Fizik qonunlarini chuqur o‘rganmasdan Vatanni himoya qiluvchi vatanparvarlarni, zamonaviy harbiy texnikani boshqaruvchilarni tarbiyalash mumkin emas.Bu muammoni hal etish uchun o‘quv rejasiga hamda akademik litseylarning aniq fanlar yo‘nalishidagi tarmoq ta’lim standartiga tayanilgan holda fizika fani o‘quv dasturi, ishchi dastur va taqvim mavzuiy ish rejalar taqsimoti qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi.Bu imkoniyatlardan foydalanib, ta’limda sifat va samaradorlikka erishish maqsadida fizika o‘qitishda nimalarga e’tibor berish zarur?- degan masala qo‘yildi. Buning uchun quyidagilar zarur degan xulosaga kelindi:
– o‘quvchilarning fizika, matematika fanlariga qiziqishini oshirish, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari, fizik masala, testlarni yechish ko‘nikmasini rivojlantirish;
– o‘qituvchi har bir dars mavzusini ijodiy yondashib, yangi pedagogik, innovatsion, axborot, kompyuter texnologiyalari, integrativ uslublardan samarali foydalanib o‘tishi va o‘quvchilarga ma’naviy oziq berish;
– blok fan o‘qituvchilarining o‘zaro hamkorligini yaxshi yo‘lga qo‘yish;
– iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan muntazam shug‘ullanish;
– darsda va darsdan tashqari o‘quvchilar bilan individual ishlash;
– darsdan keyin qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tish;
– o‘quvchilarning bilimini nazorat qilishning test usulini kuchaytirish;
– bilimni o‘zlashtirish va ta’limni sifat darajasini aniqlash monitoringi burchagini tashkil etish;
– o‘quvchilarning darslik va qo‘shimcha adabiyot, internet materiallaridan to‘g‘ri, unumli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
– darsda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
O‘quvchilarningbilim darajasini aniqlash, ta’limda sifat va samaradorlikka erishish uchun har bir mavzuga mos test, ko‘rgazmali didaktik tarqatma materiallar ishlab chiqildi. Elektron darslik va ko‘rgazmalar, fan yangiliklaridan foydalanish yaxshi samara berish bilan birgalikda o‘quvchilarning tafakkur qobiliyatini rivojlantirishga erishiladi.
Fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda innovatsion texnologiyani qanday amalga oshirish mumkin,- degan savol turadi. Buning uchun akademik litseylarda fizika o‘qitish DTS talablaridan kelib chiqqan holda mavzularga mos harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologisi mexanizmi ishlab chiqildi. Bu mexanizm maqsadga mos natijani kafolatlaydi. Fizika kursining mavzulari bo’yicha vatanparvarlik munosabatida bo‘lish tushunchalari, bilimlarini to‘la o‘zlashtirish modeli yaratildi.
Masalan: 1bosqich fizika chuqur o‘rganiladigan guruhlarda “Gorizontal otilgan jism harakati”, “Gorizontga qiya otilgan jism harakati”, “Arximed kuchi. Jismlarning suzishi”, “Reaktiv harakat. Impulsning saqlanish qonuni” kabi mavzularda 1,2,3-slaydlardan foydalaniladi.
Shuningdek, “Atmosfera bosimi va uni o‘lchash” mavzusini o‘tishda “Harbiy uchuvchi samolyotini qanday balandlikda uchayotganini qanday qilib biladi?” kabi savollar o‘quvchilarga beriladi. Bu o‘z navbatida Vatanimiz kutgan vatanparvar, ekologik madaniyatli, atrof-muhitga ongli munosabatli, tabiatni asraydigan yoshlarni tarbiyalashga olib keladi. Ta’limning sifat va samaradorligiga erishishda amaliy mashg‘ulotlar: laboratoriya, masala, testlar yechishda har bir asbob va masalani harbiylik kasbida qo‘llanilishiga urg‘u berish lozim. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari tadbirlarda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ko‘rsatiladigan videolavhalar ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa fan oyliklarini o‘tkazish. Belgilangan fan oyliklari rejasiga asosan fizika oyligi oldindan tuzilgan va tasdiqlangan tadbirlarga ko‘ra olib boriladi.Fizika oyligida“UrDUning fizik olimlari bilan uchrashuv”,“Fizikadagi fan texnika yangiliklari, nanotexnologiya”, “Rasmlarda fizik qonuniyatlar”, “12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni”ni o‘tkazishda aeroport uchuvchilari bilan uchrashuv, harbiy kasb egalari bilan uchrashuvlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarni ijodiy ishlari: 2011-yilda litsey o‘quvchisi Aminov Bobomurod “Samo elektrostansiyasi” modelini yasab “Respublika yoshlar – kelajak ovozi” tanlovida qatnashdi. Bugungi kunda u Ichki ishlar akademiyasini tamomlab, Xorazmda xizmat faoliyatini olib bormoqda.
Samo elektrostansiyasi modeli ixtirochisi Aminov Bobomurod
O‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda fanlardagi integratsiya metodlaridan foydalanish samarali usullardan biridir.Bunda kodoskop yordamida slaydlardan, kompyuterdan elektron darsliklar, videolavhalarni ko‘rsatishda foydalanish maqsadga muvofiq. Buning natijasida dars samaradorligi oshadi. Keng tafakkurli harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan shaxslarni tayyorlashga hissa qo‘shiladi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan Urganch shahri markazidagi “Amir Temur” bog‘ida “Jasorat maydoni”ni tashkil etilishi va undagi harbiy texnikalar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning timsoli desak yanglishmaymiz.
Har bir o‘qituvchi o‘z sohasining mutaxassisi sifatida innovatsion texnologiyalarni kasb faoliyatiga tatbiq etishi lozim. Chunki bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarida pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish va axborotlashtirish muammosi ko‘tarilgan. Bundan maqsad – ona sayyoramizda hayotni saqlash. Rus olimi – fizik L.V.Tarasov “Yerda hayotni – planetar tafakkurga ega, ma’naviy yetuk, barkamol avlodlar saqlaydi”-deganlaridek, harbiylar nafaqat Vatanimiz, Ona yerni asraydigan qo‘rg‘on, qalqonlardir. Shunday yoshlarni tarbiyalash biz pedagoglar uchun sharafdir.
|
1-slayd
|
|
2-slayd
|
|
3-slayd
|
|
|
|
|
|
|
|
3-slayd
|
|
|
|
“Energiya turlari” mavzusidagi umumlashtiruvchi darsni o‘tganda qo‘llaniladigan ko‘rgazma stendi
|
Yuqorida qayd etilgan stenddan 2-kursda “Energiya turlari” mavzusidagi umumlashtiruvchi darsni o‘tganda qo‘llab, u orqali o‘quvchilarning tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirish uchun fizika, astronomiya fanlari integratsiyasidan foydalaniladi.
Harbiy aviatsiya, kosmosda sun’iy yo‘ldoshlar, aloqa vositalarida lazerlar bilan ish ko‘riladi. “Lazer” mavzusini o‘tganda qurilmani ko‘rsatish bilan birgalikda uni ishlash prinsipini quyidagi 5,6-rasmlardan tushuntirish maqsadga muvofiq.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘qituvchining ijodiy izlanishi, dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishi dars samaradorligini oshirish omillaridan biridir.
Atomlarning E2-yuqori energetik sathgao‘tishi
Atomlarning E1 -asosiy statsionar energetik sathi
|