• Ikkinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • To‘rtinchi bosqich
  • HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINING CHAQIRIQQA QADAR YOSHLARINI HARBIY KASBGA YO‘LLASHDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI




    Download 5,41 Mb.
    bet109/151
    Sana01.04.2021
    Hajmi5,41 Mb.
    #13872
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151
    HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINING CHAQIRIQQA QADAR YOSHLARINI HARBIY KASBGA YO‘LLASHDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI
    Rozimova Y. – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fanlari nomzodi, kapitan

    2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish sohasida qo‘yilgan vazifalar doirasida qisqa muddatda yangilanayotgan Qurolli Kuchlarimiz bo‘yicha strategik yondashuv ishlab chiqildi. Bunda malakali harbiy kadrlar tayyorlash masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralgan holda o‘rta maktabdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘ziga xos noyob va yaxlit tizimda yangi Qurolli Kuchlar akademiyasi, harbiy bilim yurtlari, litsey va kollejlar faoliyatini takomillashtirishiga, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 2017- yil 24-yanvarda qabul qilingan PQ № 2738-son qaroriga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari maxsus o‘quv guruhlarining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, maqomi va faoliyatining tashkiliy asoslari belgilab berildi. Bunda o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan kasbiy, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual rivojlantirish bilan bir qatorda harbiy- vatanparvarlik tarbiyasini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilib bunda yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik g‘oyalariga, o‘z xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, qonunchilikni to‘g‘ri tushunishni va ularga ongli rioya qilishni ta’minlaydigan yuksak madaniyatni, ko‘nikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni singdirish asosiy vazifalardan deb belgilandi1.

    Qurolli Kuchlarning harbiy qudrati, jangovar qobiliyatini belgilovchi omillardan biri bu – shaxsiy tarkibning miqdori va sifati. Bu sifat uning professional darajasi, axloqiy-ruhiy qat’iyati, jismoniy tayyorgarligi va intizomi bilan belgilanadi.

    Shaxsiy tarkibning talabga javob beradigan sifat darajasini ta’minlashda uning professional tayyorgarligi, o‘quv-moddiy bazaning holati g‘oyat muhim ahamiyatiga ega. Bunda yoshlarga harbiy ta’lim beruvchi butun tizimning roli ham beqiyosdir. U jamiyatimizning jismonan va ma’nan baquvvat a’zolarini, jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini, xalqimizning madaniy va ma’naviy qadriyatlarini o‘zlashtirib olgan Vatan fidoyilarini tayyorlashi kerak2.

    Yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini oshirish maqsadida qator vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda kompleks dastur ishlab chiqilgan. Mazkur dastur yoshlar tarbiyasini uch bosqichda tashkil etish imkoniyatini yaratmoqda. Bunda birinchi bosqich – boshlang‘ich, vatanparvarlikni shakllantirishni, vatanning munosib fuqarolik va himoyasini bo‘lishga intilish asoslarini yaratishni ko‘zda tutadi. Tarbiya jarayonning davomiyligi 3 yil. Yoshlarning yosh chegarasi 12-14 yosh (umumta’lim maktablarining 5-7 sinf o‘quvchilari)

    Ikkinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi. Davomiyligi 2 yil. Yoshlarning yosh chegarasi 15-16 yosh (umumta’lim maktabining 8-9 sinf o‘quvchilari).

    Uchinchi bosqich –asosiy. Harbiy yo‘naltirilgan. Davomiyligi 3 yil. O‘smirlarning yosh chegarasi -17-19 yosh (akademik litsey va kollejlarning 1-3 bosqich o‘quvchilari).

    To‘rtinchi bosqich – oliy harbiy ta’lim muassasida professional shakllanish.

    Mazkur tizimni hayotga tatbiq etilishi natijasida uzluksiz harbiy ta’lim tizimiga jalb etilgan 1552 litsey va kollejlar, 4 harbiy-akademik litsey, mamlakat oliy ta’lim tizimiga kirish uchun nomzodlarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 29 akademik litsey va kollejlarda har yili 5 milliondan ortiq yoshlar qamrab olinadi, bu mamlakat yoshlarining o‘rtacha 40 foizini degani3.

    Yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkillashtirishda Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha kuch tizimlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yilishi tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda yoshlar, shu jumladan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari orasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosiy omillarini quyidagilar tashkil etmoqda:


    Download 5,41 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151




    Download 5,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINING CHAQIRIQQA QADAR YOSHLARINI HARBIY KASBGA YO‘LLASHDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI

    Download 5,41 Mb.