|
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING AYRIM JIHATLARI
|
bet | 112/151 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 5,41 Mb. | | #13872 |
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING AYRIM JIHATLARI
Tulyaganov A.A. –O‘zR FVV YOXI, Kasbiy boshqaruv va huquq kafedrasining dotsenti, yuridik fanlar doktori, dotsent
Akramxodjayev B.T. –O‘zR FVV YOXI, Kasbiy boshqaruv va huquq kafedrasining dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, Mirzaaxmedov Z.M.–O‘zR FVV YOXI, Kasbiy boshqaruv va huquq kafedrasining o‘qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasida milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari jadal qadamlar tashlanayotgan bir davrda mamlakat kelajagining poydevori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, ularni raqobatbardosh, yangicha fikrlaydigan, vatanparvar, mafkuraviy immunitetga ega bo‘lgan shaxslar sifatida shakllantirish eng dolzarb masalaga aylanmoqda.
Darhaqiqat, yoshlar har qanday davlat istiqbolining strategik imkoniyatini belgilovchi muhim qatlam sanaladi. Biroq, davlat taraqqiyotining istiqboli uning mazkur imkoniyatdan qay darajada foydalana olishi va unga o‘z kuch-qudratini safarbar etishiga bog‘liq.
Xorijiy mamlakatlarda yoshlar siyosatining shakllanishi davlat miqyosida asosan XX asrning 50-60-yillarida boshlangan. Mutaxassislar buning oltita bosqichini e’tirof etishadi.
|
| |