|
Termin O’zbek til
|
bet | 13/44 | Sana | 17.04.2021 | Hajmi | 198,78 Kb. | | #14238 |
| Milliy model
|
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning o’zagini tashkil etuvchi yaxlit tizim
|
Modellashtirish
|
O’quv materiallari yoki ta’lim mazmunini yaxlit tizimga keltirish
|
Modul
|
O’quv axborotining mantiqiy bo’lakka bo’lingan qismi, ushbu qism mantiqan yaxlit va tugallangan bo’lib, uning o’zlashtirilishini nazorat qilish mumkin bo’ladi
|
Modulli ta’lim
|
Modullashtirilgan o’quv dasturi asosida tashkillashtiriladigan o’qitish jarayoni
|
Modulli o’qitish
|
O’qitishning izchil tizim asosida amalga oshiriladigan turi
|
Monitoring
|
Muayyan voqelikni tekshiruvchi, nazorat etuvchi va uning natijalarini umumlashtiruvchi jarayon
|
Muammo
|
O’quv jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan masala, vazifa
|
Muammoli vaziyat
|
Individ yoki guruh faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi holat
|
Mustaqil ta’lim
|
Insonning o’zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o’rganishga yo’naltirilgan shaxsiy harakatlari jarayoni
|
Nazorat
|
O’qitishning barcha bosqichlarida natijalar sifatini nazorat qilish, ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma, malakalari hamda ularning shaxsiyatini aniqlash jarayoni
|
| |