• Kurs ishi quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi
  • Kurs ishining alohida bandlariga qo‘yiladigan talablar: Reja (Mundarija)da
  • Asosiy qism
  • Kurs ishining mazmunini ochib berishga qaratilgan talablar




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi326,12 Kb.
    #160016
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Курс иши йўриқномаси 2023

    Kurs ishining mazmunini ochib berishga qaratilgan talablar: 
    Kurs ishining asosiy qismlarini tartiblashtirish maqsadida ish rejasini bajarilish 
    muddatlarini ko‘rsatib tuzish maqsadga muvofiqdir.
    Kurs ishining ish rejasiga quyidagi bosqichlarni kiritish mumkin: 
    1) mavzuni tanlash;
    2) maxsus adabiyotlarni o‘rganish;
    3) kurs ishi rejasini tuzish; 
    4) ilmiy rahbardan maslahat olish;
    5) ishning amaliy tatbiqini o‘rganish;


    6) ishning birinchi (qoralama) variantini yozish;
    7) ishni ilmiy rahbarga ko‘rsatish va uning maslahatlarini olish;
    8) ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatish, ishni tahrir qilish va kafedraga kurs 
    ishining tayyor variantini taqdim etish;
    9) ma’ruzani tayyorlash va ishni himoya qilish. 
    Kurs ishi quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi: 
    a) titul varag‘i; 
    b) mundarija (reja);
    v) kirish;
    g) asosiy qism (3-4 paragrafdan iborat bo‘lishi mumkin);
    d) xulosalar; 
    ye) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
    j) ilovalar (zarurat bo‘lsa). 
    Kurs ishining hajmi A4 (297x210 mm) formatdagi kog‘ozga kompyuterda 
    terilgan 20-25 betdan iborat bo‘ladi. Betlar soniga ilovalar kiritilmaydi. Kog‘ozga 
    matn 1,5 intervalda, harflar o‘lchami 14, Times New Romanning o‘zbekcha 
    variantida qog‘oz chetlarida chapdan 30 mm, tepadan 20 mm, pastdan 20 mm va 
    o‘ngdan 15 mm joy qoldirib teriladi. 
    Kurs ishini tayyorlash jarayonida foydalanilgan barcha adabiy manbalarga 
    iqtibos (ssыlka) qilinishi shart. 
    Kurs ishlari mavzulari o‘quv yili boshida talaba va magistrlarga taqsimlanib, 
    ilmiy rahbarlar tayinlanadi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. 
    Kurs ishining alohida bandlariga qo‘yiladigan talablar: 
    Reja (Mundarija)da kurs ishining barcha bandlari, ya’ni kirish, asosiy qism, 
    bob va paragraflar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bet 
    raqamlari bilan birgalikda keltiriladi. 
    Kirish qismining hajmi 3-4 betni tashkil qiladi. Unda tanlab olingan 
    mavzuning dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi, vazifalari, nazariy va 
    metodologik asoslari yoritib beriladi. 
    Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu 
    qism kurs ishining umumiy hajmining tahminan 75-80 %ini tashkil qilishi kerak. 
    Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ko‘rib chiqiladi, 
    statistik ma’lumotlarning mazmuni tahliliy natijalar asosida ochib beriladi, 
    o‘rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishlari va qonuniyatlari aniqlanadi, 
    ularga ta’sir qiluvchi omillar ko‘rsatiladi hamda o‘rganilayotgan jarayonlarni 
    takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
    Kurs ishining xulosa va takliflar qismi 3-4 bet atrofida bo‘lib, unda talaba va 
    magistr ilmiy tadqiqotning xulosa va takliflarini keltiradi. 

    Download 326,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishining mazmunini ochib berishga qaratilgan talablar

    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish