• Amaliy va tahliliy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash
  • Mundarijada
  • Ilmiy-nazariy adabiyotlardan foydalanish




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi326,12 Kb.
    #160016
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Курс иши йўриқномаси 2023

    Ilmiy-nazariy adabiyotlardan foydalanish: 
    Kurs ishini sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu 
    bo‘yicha mavjud maxsus adabiyotlarni chuqur o‘rganish hisoblanadi. Bunda ko‘rib 
    chiqilayotgan savollarga tegishli rasmiy ma’lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, 
    ilmiy maqolalar to‘plamlarini, ilmiy anjumanlar materiallarini, statistik 
    ma’lumotlarni o‘rganib chiqish zarur. 
    Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida asosiy e’tiborni birinchi navbatda maqola 
    yoki kitobning kurs ishi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan qismlariga, ya’ni 
    boblarga, paragraflarga qaratish kerak. Shu bilan birga kurs ishini yozish jarayonida 
    zarur savollarni tushirib qoldirmaslik maqsadida har bir o‘rganilayotgan adabiyotni 
    boshidan oxirigacha ko‘z yugurtirib chiqish lozim. 


    Adabiyotlarni o‘qish va o‘rganish jarayonida kurs ishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
    savollardan parcha ko‘chirib olish zarur. Har bir parchada uning manbasi va 
    manbadagi sahifasi ko‘rsatilishi shart. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida 
    muallif o‘z xulosalarini isbotlash uchun foydalangan tahlilning texnik usullarini
    ya’ni jadvallar, shakllar, statistik ma’lumotlarni guruhlarga bo‘lish va boshqalarni 
    yozib qo‘yishi zarur. 
    Chunki, ularning ba’zi birlaridan kurs ishini yozish davomida foydalanish 
    mumkin. 
    O‘rganilayotgan adabiyotlardan ko‘chirib olinayotgan parchalarni alohida 
    qog‘ozning faqat bir tomoniga, yozuv uchun hoshiya qoldirgan holda yozish 
    maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida vujudga kelgan 
    g‘oyalarni shu holdayoq yozib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. 
    Amaliy va tahliliy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash: 
    Amaliy va tahliliy ma’lumotlarni yig‘ishda tadqiqot ob’нektining 
    hisobotlaridan, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallaridan, sotsiologik tadqiqotlardan 
    foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, tanlangan mavzu bo‘yicha mustaqil 
    tadqiqotlar, kuzatishlar, so‘rov o‘tkazish va iqtisodiy hisob-kitoblar qilish ham 
    muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
    Turli ko‘rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilish uchun bir necha yillik kerakli 
    ma’lumotlarni yig‘ish talab qilinadi. Kamida oxirgi uch yillik ma’lumotlar bo‘lishi 
    lozim. Yig‘ilgan ma’lumotlarni alohida boblar va paragraflar bo‘yicha taqsimlash 
    va shundan keyingina ularni har bir bo‘lim va paragraf maqsadi va vazifalariga mos 
    ravishda qayta ishlashga kirishish maqsadga muvofiqdir. 
    Mundarijada kurs ishining barcha qismlari, ya’ni kirish, asosiy qism, bob yoki 
    paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar joylashgan sahifa raqamlari bilan 
    birgalikda keltiriladi. 

    Download 326,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy-nazariy adabiyotlardan foydalanish

    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish