• Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
  • Kurs ishiga rahbarlik qilish




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi326,12 Kb.
    #160016
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Курс иши йўриқномаси 2023

    Kurs ishiga rahbarlik qilish: 
    Kurs ishiga umumiy metodik rahbarlik mazkur kurs ishi tegishli bo‘lgan fandan 
    dars mashg‘ulotlarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga 
    oshiriladi va kurs ishi bo‘yicha belgilangan ish yuklamasi hajmi ham ularning 
    yuklamasida aks ettiriladi. 
    - talaba va magistrga kurs ishini bajarishda bevosita rahbarlik kiladi; 
    - rahbar kurs ishining rejasini talaba va magistr bilan birgalikda tuzadi va 
    maqsadini aniqlab, talaba va magistrning ijodiy izlanishlarini mazkur rejaga 
    muvofiqlashtirishga yordam beradi; 
    - talaba va magistr bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot usullarini aniqlaydi; 
    - rahbar talaba va magistr bilan birgalikda kurs ishining bajarilish jarayonini 
    tahlil qiladi, u tomonidan ishlatiladigan ilmiy atamalar, shartli belgilar va 
    simvollarning qo‘llanilish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilib boradi. 
    Kurs ishlari davlat standartlari asosida tayyorlanadi va bu talaba va magistrning 
    kelgusida ilmiy ishlarini bajarish malaka va ko‘nikmalarining to‘la shakllanishiga 
    yordam beradi. 
    Rahbarlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va yozma ravishda xulosalangan kurs 
    ishlari semestrdagi imtihonlardan 10 kun oldin kafedraga topshiriladi. Kafedra 


    mudiri kurs ishini taqriz olishi uchun kafedraning dotsent, katta o‘qituvchi yoki 
    o‘qituvchiga topshiradi. 
    Taqrizchining taqrizi erkin shaklda tayyorlanadi, ammo unda, albatta:
    1) ishning afzallik jihatlari;
    2) xatosi va boshka kamchiliklari;
    3) ishning qo‘yilgan talablarga mosligi;
    4) himoyaga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tiladi. 
    Taqrizchi tomonidan ijobiy baholangan kurs ishlari kafedrada himoya qilishga 
    tavsiya etiladi. Dekanat tomonidan belgilangan muddatda talaba va magistrlar kurs 
    ishini ochiq himoya qiladilar. 
    Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
    - kurs ishi yozish bo‘yicha talaba va magistrlarga mavzularni va vazifalarni 
    berish; 
    - talaba va magistrga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda maslahat 
    berish; 
    - talaba va magistrga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni, 
    ma’lumotlarni tanlashda maslahat berish; 
    - talaba va magistrga tadqiqot ob’yekti va doirasini, ob’yekt faoliyatini 
    o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlashda 
    maslahatlar berish. 
    Ilmiy rahbar talaba va magistr tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishga 
    va mustaqil ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishiga maslahatlar beradi. 
    Ilmiy rahbarning kurs ishi yozish masalasi bo‘yicha maslahatlar berishi ilmiy 
    rahbar tomonidan belgilangan va kafedra tomonidan tasdiqlangan muddatlarda olib 
    boriladi. 
    Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o‘z mulohazalarini 
    bildiradi va ishni qaysi yo‘nalishda o‘zgartirish va to‘ldirish kerakligi to‘g‘risida 
    maslahat beradi. 
    Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. 
    Ilmiy rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga ruxsat berish 
    to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi. Ilmiy rahbar kurs ishini belgilangan tartiblar 
    bajarilmaganda qabul qilmasligi mumkin. 

    Download 326,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish