• Kurs ishi mavzusini tanlash jarayoni
  • Kurs ishining vazifalariga asosan kuyidagilar kiradi




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi326,12 Kb.
    #160016
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Курс иши йўриқномаси 2023

    Kurs ishining vazifalariga asosan kuyidagilar kiradi: 
    - talaba va magistrlarning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil 
    faoliyatlarda olgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarini ijodiy masalalarni bajarishda 
    qo‘llay olishini namoyish etish; 
    - talaba va magistrlarda me’yoriy, ma’lumotnoma va boshqa adabiyotlardan 
    foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish; 
    - mustaqil fikrlash va eng maqbul yechimlarni qabul qilishga o‘rgatish; 
    - axborot texnologiyalari vositasida tayyorlagan o‘z ishining taqdimoti 
    (himoyasi)ni o‘tkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallagan natijalarni 


    ishonchli dalillar bilan asoslash, o‘zini dadil tuta bilish, turli zamonaviy texnik 
    vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobiliyatini ko‘rsatish; 
    - o‘quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko‘nikmalarini namoyish etish, 
    o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo‘shilish, ish 
    bo‘yicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda 
    baxslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish 
    etish; 
    - talaba va magistrlarda guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini faollashtirish, 
    oldinga ko‘yilgan maqsadni bajarish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish qobiliyatini 
    kengaytirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini 
    mustahkamlash; 
    - mustaqil ijodiy ishlash, ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, kayta ishlash va saqlash 
    uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olish, ijodiy 
    ishlash jarayonini to‘la nihoyasiga yetkazish mas’uliyatini his etishga o‘rgatish. 
    Kurs ishi mavzusini tanlash jarayoni: 
    Kurs ishini bajarishda muhim masalalardan biri uning mavzusini to‘g‘ri 
    aniqlashdir. Kurs ishining mavzulari mazkur fanning o‘quv vazifasiga javob berishi 
    bilan bir qatorda ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari bilan bog‘liq 
    bo‘lishi lozim. 
    Kurs ishi mavzularining amaliyligi - bu avvalambor ularning ilmiyligi, 
    zamonaviyligi va talaba va magistrlarda mustaqil ijodiy ishga ko‘nikmani 
    shakllantirishga yo‘naltirilganligidir. 
    Kurs ishi mavzulari ro‘yxati kafedra tomonidan tasdiqlanadi. Talaba va 
    magistrga mavzuni tanlash huquqi beriladi. Talaba va magistrga, ilmiy rahbari bilan 
    kelishgan xolda, kurs ishi mavzulari ruyxatida bo‘lmagan, lekin o‘rganilayotgan 
    fanga bevosita aloqasi bo‘lgan mavzu bo‘yicha ham kurs ishi yozishga ruxsat etiladi. 
    Kurs ishini bir necha talaba va magistrning bitta mavzudan yozishlariga ruxsat 
    etilmaydi. Bundan istisno holda, ilmiy rahbarning ruxsati bilan bir mavzuning turli 
    jihatlarini yoritib beradigan holatlarda bir necha talaba va magistrning bir mavzuda 
    kurs ishi yozishiga ruxsat beriladi. Albatta, bunday tanlangan mavzular tegishli 
    kafedrada ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Talaba va magistrning ilmiy rahbari bo‘lib 
    u o‘qiydigan guruhda dars olib boradigan o‘qituvchi hisoblanadi. Talaba va magistr 
    kurs ishining rejasini, foydalanadigan adabiyotlar ro‘yxatini, mavzu bo‘yicha 
    yig‘iladigan materiallarni yig‘ish usullari, ularni qayta ishlashni va barcha 
    ma’lumotlarni tekshirtirish muddatlarini ilmiy rahbari bilan muvofiqlashtirishi 
    kerak. 

    Download 326,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishining vazifalariga asosan kuyidagilar kiradi

    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish