• Materiallarni yoritib berishga qo‘yilgan talablar
  • Ilmiy-ma’lumotlarga sayqal berish
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi326,12 Kb.
    #160016
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Курс иши йўриқномаси 2023

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida: Kurs ishi yozish davomida 
    foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati belgilangan tartibda keltiriladi. 
    Ilovalarda: Asosiy matnni o‘qishni qiyinlashtiradigan jadvallar, grafiklar
    hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Ularning hajmi kurs 
    ishining umumiy hajmining 30 foizidan ortib ketmasligi kerak. 


    Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib berishga qaratilgan va to‘g‘ri tuzib 
    chiqilgan jadvallar, rasmlar (grafiklar, diagrammalar) va boshqa zaruriy materiallar 
    keltirilishi lozim. 
    Materiallarni yoritib berishga qo‘yilgan talablar: 
    Kurs ishi imlo xatolarsiz, ravon tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq 
    ifodalanishi, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va bir-birini to‘ldirib turishi kerak. Unda 
    keltirilayotgan statistik ma’lumotlar faqatgina ko‘rgazma (illyustratsiya) vazifasini 
    o‘tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. 
    Kurs ishida keltirilgan barcha asoslar va ma’lumotlarning aniqligi va haqiqiyligi 
    uchun uning muallifi shaxsan javobgar hisoblanadi. 
    Kurs ishi talaba va magistr tomonidan mustaqil ravishda shaxsan bajarilishi 
    shart. Talaba va magistr tomonidan turli xil manbalardan dalillar, statistik 
    ma’lumotlar, turli mualliflarning fikrlaridan iqtiboslar keltirish to‘g‘ri va ilmiy 
    ma’lumotlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
    Ilmiy-ma’lumotlarga sayqal berish: 
    Kurs ishida ilmiy-ma’lumotlarga sayqal berish nashr etishga tayyorlanayotgan 
    ilmiy ishlar talablariga javob berishi kerak. Kurs ishini yozish jarayonida talaba va 
    magistr shu sohada mavjud bo‘lgan va o‘zi foydalangan boshqa ilmiy 
    tadqiqotlardan, ma’lumotnomalardan dalil keltirishi zarur. Ilmiy-ma’lumotlarga 
    sayqal berish davomida talaba va magistr quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim. 
    - kurs ishini yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa 
    manbalardan dalil keltirish bir xil tartibda yoritilishi kerak. 
    - matnda foydalanilgan manbalar sahifa ostida izoh tarzida aniq va to‘liq 
    keltirilishi, ya’ni muallif va adabiyotning nomi, nashriyoti, yili va beti keltirilishi 
    kerak. 
    - sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar 
    nomi qo‘shtirnoqqa olinmaydi. 
    - sahifa ostidagi izoh 1,5 interval qilib yozilishi lozim. 
    - sahifaning atroflariga bezakli chiziqlar qilinishi shart emas. 
    - kurs ishlari o‘quv jarayoni olib borilayotgan tilda yozilishi lozim. 
    - kurs ishlari yozish jarayonida foydalanilgan adabiyot va ilmiy manbalar hajmi 
    mavzuning mohiyatini ochib beradigan mazmunda va darajada bo‘lishi zarur. 
    - kurs ishlarini yozishni qulaylashtirish uchun oq varaqlarda kompyuterda bir 
    yarim oraliqli satr chiziqlari chizib olinishi mumkin. 

    Download 326,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish