|
Ta’limning standartlashtirish obyektlari
|
bet | 7/10 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 52,76 Kb. | | #129691 |
Bog'liq Aktga oid meyoriy huquqiy hujjatlar va ulardan foydalanish 111Ta’limning standartlashtirish obyektlari: Quyidagilar ta’limning standartlashtirish ob’ektlari hisoblanadi:
- Ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv uyushmasi hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati;
- Talablar, me’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim usullari va vositalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va kategoriyalar ;
- Ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashhis qo‘yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va pedagog xodimlar sifatini baholash.
Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar
Quyidagilar DTS ishlab chiqishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari so‘zsiz amalga oshirilishiga qaratilganlik;
- Ta’lim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy madaniy an’analar, xalqning intellektual imkoniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillarini hisobga olish;
- Ta’lim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka shakllanishini ta’minlash;
- Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda ta’lim standartlarining ilmiy asoslanishi;
-Ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha standartlarning kelishilganligi va izchilligi, shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda, ularning mujassamlanishini ta’minlash;
- O‘quv yuklamasi maqbulligiga qaratilganlik, ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning tabaqalashtirish imkoniyatlarini hisobga olish;
- Ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarni tayyorlash, ta’lim faoliyatining sifatini baholash mezonlari va tartibotini belgilash;
- Standartning texnologikligi-uning bajarilishini nazorat qilish va uning me’yorlari va talablari buzilishining oldini olish imkoniyati ;
- Standartlarga tajribada tekshiruvdan o‘tgan ta’lim faoliyatining ilg‘or me’yorlarni kiritish;
- Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlash tizimi qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak.
|
| |