|
Ob’ektlar va ularning funksiyalari
|
bet | 12/13 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #127150 |
Bog'liq 119-GURUH AZIZOV SAIDMUROD KURS ISHI 5 KURS TALABASIOb’ektlar va ularning funksiyalari
№ Obyekt Funksiyalari 1 Button Buyruq tugmasi. Bir nechta rangdagi turli variantlari mavjud. Asosan boshqaruv funksiyasini bajaradigan buyruqlar bu tugmaga biriktiriladi. 2 Label YOzuv maydonchasi. Ishchi sohadagi yozuvlar shu obekt bilan beriladi. YOzuv gorizontal va vertikal ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. 3 Paragraph Bir nechta satrdan iborat matnni o‘z ichiga oladigan yozuv maydonchasi. Ko‘rinish sohasiga sig„may qolgan pastdagi yozuvlar uning o‘ng tomonidagi lift yugurdagi orqali o‘qilishi mumkin, .txt va .quiz-kengaytmali matn fayllarini yuklab olib o‘qitish ham mumkin. 4 Image Turli formatdagi ikonkalar va rasmlarni ishchi sohada joy- lashtirish uchun ishlatiladi. 5 RichText WordPad, Bloknot, MS Word kabi matn muharrirlarida tay- yorlangan .txt va .rtf-fayllarni yuklash va uni samarali o‘qish imkonini beradigan yozuv maydoni. 6 Hotspot SHaffof holatdagi to‘g‘rito‘rtburchak ko‘rinishdagi faollash- tiruvchi obekt. U orqali sahifada bo‘sh turgan sohani biror funksiyani bajaruvchi faol sohaga aylantirish mumkin. 7 Video Video fayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, .) ishchi sohaga 45 joylashtirish va turli o‘lchamlarda ko‘rish uchun foydalani- ladigan obekt 8 FlashMacromedia Flashda tayyorlangan .swf-fayllarni ishchi sohaga joylashtirish va unda foydalanish imkonini beradigan obekt 9 Web Bu obekt orqali .htm, .mht kengaytmali fayllarni ishchi sohaga Websahifa orqali joylashtirish va ko‘rish mumkin. 10 SlideShowBir nechta grafik fayllarni bu obekt orqali yuklab olish va ma’lum vaqt oralig„ida ketma-ket slayd ko‘rinishida namoyish etish mumkin. 11 InputDasturga parol qo‘yish yoki klaviaturadan kiritiluvchi biror ma’lumotga ehtiyoj sezilganda mazkur obektdan samarali foydalaish mumkin. 12 CheckBox Bu obekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan bir nechtasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin. 13 RadioButton Bu obekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan faqat bittasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin. 14 ListBox Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obekt. 15 ComboBox Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni “yashirin” tarzda joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obekt. 16 Tree Ma’lumotlarni daraxt ko‘rinishida ishchi sohada tasvirlash imkonini beradigan obekt. 17 Progress Vaqtga bog„liq jarayonni vizual tarzda ishchi sohada aks etti- ruvchi obekt. Xususan, ko‘p o‘lchamli fayllarni nusxalash- da, o‘chirishda, xotiradan katta joy egallovchi dasturni ishga tushirishda jarayonning kechishini bu obekt orqali vizual tarzda kuzatib turish mumkin Bu obektlar sichqoncha yordamida dastur galeriyasidagi tayyor to‘plamdan olib qo‘yiladi. Multimedia hujjatlarini tayyorlash, uning dasturlanuvchi qismlari uchun Scriptlar yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini 46 yaratishda bu obektlar dasturchiga imtiyozli yordam ko‘rsatadi. AutoPlayning ajoyib xususiyatlaridan yana biri shundaki, bu obektlar xossalarini tanlash uchun maxsus xossalar panelini ham dasturchiga taqdim etadi va u orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin Buyruq tugmalari grafik turda bo‘lganligi uchun loyiha kutubxonasida mavjud bo‘lgan standart buyruq tugmalaridan tashqari foydalanuvchi didiga mos istalgan dizayndagi buyruq tugmalarini yangidan yaratish mumkin. Buning uchun AutoPlay dastur oynasidagi “Tools” menyusining “Button Maker” bandiga murojaat qilish etarli. Natijada “Untitled - AutoPlay Media Studio Button Maker” sarlavhali muloqot oynasi yuzaga keladi (4-rasm). Ushbu muloqot oynasi quyidagi tuzilmaga ega 1) sarlavha satri; 2) instrumentlar paneli satri; 3) buyruq tugma hodisalari uchun asosiy ishchi panellar; 4) xossalar paneli; 5) rasm paneli; 6) rasmni taxminiy ko‘rish paneli; 7) holat satri. Bu muloqot oynasida asosiy e’tibor tugmaning hodisalar paneliga qaratiladi. Unda tugmaning “Up Normal”, “Up highlighting”, “Up disabled”, “Down Normal”, “Down highlighting”, “Down Disabled” kabi hodisalari uchun alohida rangdagi tugmalar, rasmlar va yozuvlar tanlanadi. Interfaol metodlarni yaratishda kulay xamda oson bulgan dasturlardan yana biri bu Ispring dasturidir. Bu dastur orkali biz ukuvchilarga yanada yaxshirok bilim va malaka berishda kulay xisoblanadi. Ispring dasturi erdamida biz test, elektron kitob kabi innovatsiyalar yaratishimiz mumkin. Ispring dasturida elektron kitob yaratish uchun Ispring Kinetics oynasini ochamiz va 3D Book bandini tanlaymiz 47 3D Book tanlangandan so‘ng quyidagi oyna ochiladi. Rasmda ko‘rsatilgan kitob muqovasini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan ikkita menyu bor Book va Help undan Book menyusiga kiramiz va Moreni tanlaymiz 48 Endi kitob sahifalarini matn bilan boyitish kerak. Matn kiritish uchun Book menyusidan text bandini tanlaymiz. sahifa ustiga sichqoncha tugmasini bosib yozish belgisini hosil qilamiz. Sichqonchani bosib turib yozish kengligini belgilab olamiz. Belgilab olingan sohaga matnni klaviatura orqali kiritamiz yoki ko‘chirib olib kelamiz. Kiritilgan matnni fonini shaklini hajmini intervalini o‘zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin. Barcha ma’lumotlar joylashtirib bo‘lingach tanlanib saqlash jarayoni amalga oshiriladi. . 49 Publish bandi tanlanadi va keying oyna hosil qilinadi Saqlash jarayonida saqlash manzili ko‘rsatilib nom beriladi va saqlash tugmasi bosiladi. Ispring dasturining yana bir muhum vazifasidan biri bu test hosil qilishdir. Bu dasturda tuzilgan test qulayligi beriladigan savollarni ishlayotgan foydalanuvchi javobni darhol olishi va uni tahlil qilishi mumkin. Ispring dasturida 10 xil ko‘rinishdagi testlarni hosil qilish mumkin. Bu dasturda test tuzish uchun quyidagi oyna ochiladi. 50 Bu oynaning yuqori qismida belgilangan sohani tanlaymiz. 2-oyna hosil bo‘ladi. Dastur ikkita menyudan tashkil topgan. Main, Help. Main menyusidan o‘zimizni savolimizga to‘g‘ri keladigan test shaklini tanlab olamiz. Misol uchun: 51 Rasmda ko‘rsatilgan test shakli bir nechta variantdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin va bitta javobga asoslangan. Har bir to‘g‘ri javob variantiga belgi qo‘yiladi. Savollarga variant qo‘shish uchun chap qismida joylashgan Add Choice tugmasi bosiladi. Bir nechta javoblarni tanlashga to‘g‘ri keladigan holatlarda quyidagini tanlaymiz. 52 Test tuzib ko‘rsatilayotgan oyna o‘ng qismida audio, video va rasm uchun joy ham mavjud. agar joylashtirilayotgan savollar rasm, video va ovozli fayllarga mo‘ljallangan bo‘lsa ulardan foydalanish mumkin. To‘g‘risini tanlash asosida tuziladigan testlar uchun YUqorida ko‘rsatilgan belgini bosib Publish oynasi ochiladi. 53 Publish bandi tanlangandan so‘ng saqlashning 4 xil usuli klo‘rsatiladi. Saqlash usuli tanlanadi, saqlash manzili ko‘rsatiladi va ok tugmasi bosilib jarayon yakunlanadi. “Hot-potatos” dasturi haqida. Zamonaviy dasturiy vositalar bilan ishlash va ular yordamida talabalar bilimlarini oshirish, nazorat qilish malakalariga ega bo‘lib borishimiz lozim. 54 Bularni barchasini inobatga olgan holda biz bugun bir dasturiy vosita bo‘lmish – “Hot-potatoes6” dasturi yordamida talabalarga bilim berish, olgan ma’lumotlarini qay darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat va tahlil qilish usullarini hamda dastur imkoniyatlarini qisqacha yoritib berishga harakat qilaman. Demak, dastlab dastur imkoniyatlari haqida ma’lumot keltirsak. “Hot-potatoes6” (ing. “Qaynoq Kartoshkalar” deb nomlanadi.) dasturini ishga tushirganimizda uning asosiy oynasi ochiladi va bu oyna sarlavha satri, menyular satri hamda olti xil imkoniyatlarga ega bo`lgan bo`limlardan tashkil topgan. Aytaylik biz prezentatsiya ko‘rinishida yangi bir mavzuni talabalarga ma’ruzasini kerakli qismini yozdirib, asosiy tushunchalarini ularga tushuntirib beraylik. Ularni bilim olish darajasi biz yaratgan prezentatsiyaning ko‘rgazmalilik prinsiplari asosida hamda ham tinglab, ham ko‘rib shu bilan birgalikda yozib borishlari yordamida oshib boradi. Endi biz talabalar olgan tushuncha, bilimlarini qay darajada egallab olganliklarini tekshirishimiz va nazorat qilish uchun kompyuter yordamida yaratilgan dasturiy vositalar orqali nazorat qilib olishimiz mumkin bo‘ladi. YUqoridagi dastur yordamida huddi shunday nazorat variantlarini tuzishimiz mumkin. Jumladan: “JCloze” bo‘limini olsak. Bu dastur bizga o‘tilgan mavzu ma’ruzasi va undagi asosiy tushunchalarni qay darajada talabalar yodida saqlab qolganliklarini tekshirish imkonini beradi. 55 Dastlab dasturning JCloze bo‘limini ishga tushirib, uning asosiy oynasining “Imya” qatoriga mavzu nomini va asosiy maydonga mavzu ma`ruzasini yoki asosiy tushunchalarni kiritib olamiz. YAshirib qo‘yish uchun berkitib qo‘yilayotgan so‘zni yoki jumlani belgilab, “Probel” buyrug‘i bosiladi. Hosil bo‘lgan oynada berkitib qo‘yilayotgan so‘zga uni topish uchun yo‘naltiruvchi so‘z va turli shu so‘zga yaqin to‘g‘ri javoblar kiritiladi. Yo‘naltiruvchi so‘z berkitilgan so‘zni topishda talabaga ko‘mak vazifasini bajaradi. Kalit so‘zlar va to‘g‘ri keladigan javoblar kiritilib bo‘lgach OK ni bosib oldingi oynaga qaytiladi. “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki F6 tugmasini bosish orqali yaratgan boshqotirmani Web sahifa ko‘rinishida saqlab olamiz. Nazorat topshirig‘idagi yashiringan so‘zni topish uchun so‘roq tugmasini bosiladi va kalit so‘zlar uni echishda talabalarga yordam vazifasini bajaradi. “Check” tugmasini bosish orqali esa talabaning bu topshiriqda qanday natija olganligini protsentlar orqali o‘zlashtirish darajasini natijasini olishimiz mumkin. “JSross” bo‘limida esa shu mavzusiga oid tushunchalar, ta’riflar, dastur imkoniyatlari va vazifalari qatoriga kiruvchi so‘zlardan krossvord tuzishimiz hamda talabalarda taqdim etish orqali nazorat o‘tkazishimiz mumkin. Buning uchun dasturni JCrosss bo‘limini ishga tushiramiz. 56 Krossvordni berkitilgan so‘zlarini kiritish uchun esa rasmda ko‘rsatilgan “Sozdat setku...” tugmasi bosiladi va bu oyna yordamida mavzuga oid bo‘lgan so‘zlarni har birini alohida satrga ya’ni bir so‘zni kiritgandan so‘ng “Enter” tugmasini bosib, so‘ng keyingi so‘z kiritilishi davom ettiramiz. YAkunda “Sozdat setku” buyrug‘ini tanlaymiz. YUqorida rasmda ko‘rib turganingizday biz kiritgan so‘zlardan dastur krossvord ko‘rinishini avtomatik tarzda tuzib qo‘ydi. endi bizning vazifamiz ushbu krossvorddagi so‘zlarga kalit so‘zlar kiritish bo‘ladi. Buning uchun “Opredeleniya” tugmasini bosamiz. U oynada har so‘zni satr va ustun ko‘rinishda tasvirlangan raqamlariga kalit so‘zlar kiritib chiqamiz. Buning uchun shu so‘zni ustida bir marta sichqoncha tugmasini bosamiz, ostida 57 paydo bo‘lgan kalit so‘z kiritish maydoniga kalit so‘zlarni kiritamiz va OK ni bosamiz. SHu tarzda har so‘zga kalit so‘zlar kiritilib boriladi. Barcha so‘zlarga kalit so‘zlar kiritilib bo‘lgach oynaning ostki qismidagi OK ni bosiladi. Oynaning “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki F6 tugmasini bosish orqali yaratgan krossvordimizni brouzer yordamida oynaga boshqotirma ko‘rinishida taqdim etiladi. Uni echish uchun raqam ustiga bir bosiladi va kalit so‘z yordamida javob topiladi. Qisqacha qilib aytganda qolgan nazorat usullari ham huddi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jaraeniga tadbiq kilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…». Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega. 71 Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:
Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;
Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;
bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish;
bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.
|
| |