Yangi pedagagik texnalogiyalar haqida




Download 0.84 Mb.
bet9/13
Sana22.12.2023
Hajmi0.84 Mb.
#127150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
119-GURUH AZIZOV SAIDMUROD KURS ISHI 5 KURS TALABASI
Sohadagi yangiliklar haqida matn reja- I. Kirish. It sohasida ka, BAXODIROV A., TOXIROV N.
Yangi pedagagik texnalogiyalar haqida.

Dars o’tishning turli uslublari bor, shuningdek, darsning o’zining ham turlari xilma-xil bo’ladi.


Dars o’tishning an’anaviy uslublari quydagi reja-ssenariy bo’yicha kechadi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik, davomatni aniqlash, doskaning tozaligi, bo’r, lattaning borligiga ishonch hosil qilish va hokozo.
2. O’tilgan mavzuni so’rash – O’qituvchi “Avvalgi darsda qanday mavzuni o’tgan ediik, uyga qaysi misol-masalalar berilgan ediқ”, degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’tilgan mavzuni 4-5 o’quvchidan so’raladi. Ular, odatda, doska oldida javob bedradilar, shunda uy vazifasini bajargan daftarlarini o’qituvchiga ko’rsatish uchun o’zlari bilan birga olib chiqadilar. O’qituvchi o’quvchilarning javobini eshitadadi va uy vazifalarini ko’radi, ularni baholaydi. O’quvchilar javoblari bo’yicha fikr mulohazalar aytiladi.
3. Yangi mavzuni bayon qilish. Bundan oldin doskaga mavzu sarlavhasi yoziladi. Ba’zi o’qtuvchilar shu vaqtning o’zidayoq yangi mavzu darslikning qaysi paragrifida, nechanchi betlari ekanini, qaysi mashqlar uyga vazifa qilib berilishini, doskaning bir chetiga ( ko’pinch o’ng yuqori burchgiga) yozib qo’yadilar. So’ngra yangi mavzuni bayon qilish boshlanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni o’quvchilar qanday tushunadilar, darsdan ko’zlangan maqsad erishildimi-yo’qmi ekanini aniqlash, mavzuning asosiy g’oyasini, “nuqtalari”ni mustahkamlash uchun o’qituvchi mavzuga oid savol berib ko’radi, mashqlar ishlatadi. Bunda tajribali o’qtuvchilar sinfning faolligini oshirish, mavzu o’quvchining ongiga singib olish uchun turli uslublardan foydalanadilar. Masalan, tarqatma matriallar berish, o’quvchilarni guruhlarga ajratish, har bir guruhga avvaldan tayyorlab kelingan topshiriqni berish va hokazo. 28 O’qituvchi mashqlarni bajarish jarayonida sinfni aylanib, kim qanday ishlayotganini kuzatadi, zarur hollarda yordam beradi. “Savollar bormi?”- deb so’rab turadi.
5. Darsni yakunlash, o’quvchilarning bilimini baholash. O’qituvchi mashqlarni bajarilishini va jovoblarni tahlil qiladi. Mavzuning o’quvchilarga “etib bormagan” joylarini aniqlaydi. Bu “joy”larini qayta tushuntirib, izohlab beradi. Doskada faol qatnashgan, savollarga javob bergan, topshiriqni bajargan o’quvchilar baholanadi. Ko’p o’qituvchilarning kundalik dars o’tish rejalarini o’raganish, tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar yuqorida keltirilgan har bir bosqich uchun vaqt taqsimotini beradilar. Bu, ayniqsa, yosh o’qtuvchilar uchun foydali. Ko’rsatilgan vaqtdan birozv cheklanishlar biroz tabiiy hol. Keyingi vaqtda dars o’tishning “yagi texnalogiyasi” , dars o’tishning nostandart – noan’anaviy uslubi, xususan, interfaol(interaktiv) uslubi degan iboralar eshitamiz. Bunday uslublarni ilg’or o’qituvchilarning o’zlari kashf qilganlar va bu uslubdan ko’pgina o’qituvchilar foydalanib kelmoqdalar. Dars o’tishning zamonaviy pedagagik uslublariga oid ko’plab qo’llanmalar chop etilgan. “Biror navzu ustida qanday ishlanganda uning qancha foizi (protsenti) yodda saqlanadiқ” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan tajribalar yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oldi.

Download 0.84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi pedagagik texnalogiyalar haqida

Download 0.84 Mb.