Termiz davlat universiteti informatika o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan kurs ishi




Download 0,84 Mb.
bet10/13
Sana22.12.2023
Hajmi0,84 Mb.
#127150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
119-GURUH AZIZOV SAIDMUROD KURS ISHI 5 KURS TALABASI

Unga ko’ra mavzu bayonini;
 faqat eshitganda uning 10-20%i;
 eshitsa va mavzuga oid ko’rsatmali materiallar ko’rsa, uning 30- 50%i;
 eshitsa mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot bajarsa, mavzuni o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa uning 60-90%i yodda qoladi.
Albatta har bir o’qituvchining tajribasi, bilimi, qo’shimcha adabiyotlarning borligi, shaxsiy kutubxonasining boyligi, ko’p jihatdan, unga mavzuni qaysi uslub bo’yicha o’tishini “aytadi”. Qisqacha bo’lsada dars o’tishning noan’anaviy, faollashtiruvchi yo’llariga to’xtaylik. Amaliy mashq – mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida amaliyot bilan bog’liq mashqlar bajariladi. Mustaqil ishlash – ma’lum mavzular guruhi (bloki) tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, faoliyat bilan shug’ullanish, darslik, masalalar to’plami bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Masalan, mustaqil ish algebraic kasrlar ustida to’rt amalgam oid bo’lishi mumkin. Mustaqil ish yozilgan varaq har bir o’quvchiga alohida berilishi mumkin. Uni muallim avvaldan tayyorlab qo’yadi. O’quvchilarning juft-juft muloqotda bo’lishi – biror mavzuga oid masalani hal etishda o’quvchi o’zining qilayotgan ishini yonida o’tirgan (u bilan juftlikda bo’lgan) o’quvchiga tushuntiradi. Masalan, juftlikdagi biro’quvchi masalaning sharti va savolini tahlil qilishdan uni to’la yechishga olib boruvch barcha ishlarni, mulohazalarni o’rtog’iga tushuntiradi. U o’z navbatida, masalaning yechilishini birinchi o’quvchiga tushuntiradi ya’ni juftlikdagi o’quvchilar navbatma-navbat o’qituvchi vazifasini (rolini) bajaradilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish – bunda sinfdagi o’quvchilar guruhlarga ajratildi. Har bir guruhda 5-6 tadan o’quvchi bo’lishi mumkun. Guruhlarga vazifa aniq va ravshan qo’yilishi kerak. Guruhdagi o’quvchilar qo’yilgan vazifa bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rtaga tashlab, umumiy bir fikrga keladilar. Bu fikrni guruh nomidan biror o’quvchi sinfga taqdim etadi. O’qituvchi guruhlarni faolyatini izohlaydi va baholaydi. Bunday ishlashda o’quvchilar: bir-birlarini o’rganadilar, har bir guruhni nuqtai nazarini, fikrini hurmat qilishga; o’z fikirlari, mulohazalarini asoslashga, ko’pchilikka etkaza olishga o’rganadilar. O’qituvchi mavzu, topshiriqlar ro’yxatini avvaldan tuzib qo’yadi. Rolli o’yinlar- mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro etish. Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga, ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni tuzadi va a’lochi o’quvchilar birlashib ssenariy yozadi. Matematik diktantlar – o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi. Tanlovlar – ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savoljavoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi. Konferensiyalar – har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar. Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.



Download 0,84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti informatika o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan kurs ishi

Download 0,84 Mb.