|
Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur
|
bet | 8/13 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #127150 |
Bog'liq 119-GURUH AZIZOV SAIDMUROD KURS ISHI 5 KURS TALABASIKlasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.
Ular quyidagilardan iborat:
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
4. G`oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, informatika fanlarini o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradi va informatika fanlarini o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Interfaol metodlarni o’quvchilarni guruhlarga bo’lib o’qitishda ham qo’llash orqali ularning o’quv – biluv faoliyatini yuksaltirish va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekan. Bu metodlarni informatika darslarida qo’llash uchun esa fanning o’qitish hususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Ya’ni har qanday informatika o’qituvchisi o’z mutahassisligi bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lganidan so’ng, shu fanni o’qitish hususiyatlarini – kursni o’qitishning dolzarbligini, fanning o’qitilish sabablarini, o’qitish uslubiyotini va usullarini, o’qitish texnologiyasini, darslarda ma’ruza, seminar, amaliyot mashg’ulotlarini qanday tashkil etish kabi malakalarni yaxshi egallagan bo’lishi lozim.
Pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi.
Bugungi kunda ta`lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1. An`anaviy
2. Noan`anaviy
An`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘’roq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an`anaviy shakli, metodi va ta`lim vositalarining majmuidan foydalanib ta`lim-tarbiya maqsadiga erishishdir. Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta`lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishish -ga yo‘naltirishdir. Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi an`anaviy ta`lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e`tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi: - Hamkorlikda o‘rganish - Modellashtirish - Tadqiqot (Loyiha) Hamkorlikda o‘rganish - talabalarning bilimini o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo‘yicha re’roduktiv faoliyatini ta`minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir.
U talabalarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.
Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta`minlash orqali ta`lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbo‘ o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin. Quyida ta`lim texnologiyalari bo‘yicha metodlar tizimiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Tadqiqot - talabalar tomonidan muammoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig`indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg`otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish talabalarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta`minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi. Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari.
«Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta`lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‘shadigan o‘ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.
1. o‘quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
2. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv ‘redmetlarini o‘qitish jarayonida ishtirok etadi.
3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash. o‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta`lim olishni davom ettirishga tayyorlash. Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o‘quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta`minlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta`lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi. Maktabgacha tarbiya, umumo‘rta ta`lim, o‘rta maµsus, kasb-hunar ta`limi va undan keyingi ta`lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:
- kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kerak;
- informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta`lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;
- informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
- informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik s’iral tamoyili asosida qurilishi kerak;
- ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;
- shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik;
- o‘qish vaqti resurslarini o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.
Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi va o‘zini-o‘zi safarbar qilishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u talabalarning o‘kuv ishlarini faollashtirish va kasbiy ixtisoslashi -vuning faollashuviga olib keladi. Innovatsion faoliyatga, aksiologik yondashuv insonni o‘zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlarni anglatadi. O‘qituvchi va talabaning maqsadi bo‘yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va ‘lakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va talabaga bog`liq.
|
| |