|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 84/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKSoliq multiplikatori – hukumat tomonidan kiritilgan soliqlarning o‘zgarishi tufayli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotida (YAIM) kuzatilgan o‘zgarishni ifoda etadi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi.
Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi.
Soliq yukini yengillashtirish – soliqlarning foiz stavkalarini kamaytirish va imtiyozlar yaratish.
Soliqlar – davlat budjeti yoki mahalliy budjetlarga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalganliklari uchun majburiy to‘lovlar.
Soliqlarni unifikatsiya qilish – soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish ob’ekti o‘xshash bo‘lgan soliq turlarini birxillashtirish.
Sotish bahosi - talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida kelishilgan baho.
Soxta innovatsiyalar (psevdoinnovatsiya) – eskirgan avlod texnika va texnologiyalari salohiyati tugab qolay degan hollarda ularning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.
Ssuda - mulkdan bepul foydalanish shartnomasi. Foiz to‘lovi bilan kreditga beriladigan pul mablag‘i.
Ssuda foizi - kapital egasiga uni kapitalidan foydalangani uchun iqtisodiy sub’ekt tomonidan to‘lanadigan narx.
Stagflyatsiya – iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda turg‘unlik va pulning qadrsizlanishi birgalikda hukm suradi.
Stagnasiya – iqtisodiyotda turg‘unlikni anglatadi.
Standart (o‘rta kvadratik) chetlanish - dispersiyadan olingan kvadrat ildiz.
Stanadartlashtirish - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va qo‘llash. Normativ hujjatlar, sandartlar, yuriqnomalar, usullar, talablarda aks yettiriladi.
|
| |