• Tuzuvchilar
  • Agrar inqirozlar
  • Agrar munosabatlar
  • Agrosanoat integratsiyasi
  • Aholi daromadi
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet1/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


    IQTISODIYOT KAFEDRASI
    N.X. TUROPOVA, J.E. ASHUROV
    IQTISODIY ATAMALAR LUG‘ATI:
    IQTISODIYOT
    Termiz - 2024
    UO‘K: 33 (575.1)
    KBK: 65.5Ya21
    T: 95
    Turopova N.X., Ashurov J.E., Iqtisodiy atamalar lu‘gati: Iqtisodiyot - Termiz: Termez publishing center nashriyoti, 2024. - 125 b.

    E’tiboringizga havola e’tilayotgan lug‘at Termiz davlat universitetining o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan (2024 yil 22 iyundagi 10-sonli bayonnoma) iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari, ishbilarmon doira vakillari va iqtisodchi mutaxassislar uchun tavsiya etilgan. Lug‘atda iqtisodiy atamalar va tushunchalarga izoh berilgan bo‘lib, bozor iqtisodiy tizimi va uning faoliyat ko'rsatish mexanizmi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari, xalq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solinishi, mikro va makrodarajadagi iqtisodiy munosabatlarni tavsiflovchi asosiy atamalar keltirilgan.




    Tuzuvchilar: Turopova Nigora Xolmurod qizi
    Ashurov Jaloliddin Eshpo‘latovich

    Tаqrizchilаr:
    O.Q. Xatamov - Termiz davlat universiteti “Kompyuter va dasturiy injiniring” kаfedrаsi professori, i.f.d.
    O‘.D. Rаjаbоv - Termiz davlat universiteti “Turizm vа mehmоnxоnа xо‘jаligi” kаfedrаsi dоtsenti, i.f.d. (DSc).

    ISBN
    © nashriyoti, 2004 yil.


    MUNDARIJA



    A

    ……………………………

    5

    O‘

    ……………………………

    86

    B

    ……………………………

    14

    P

    ……………………………

    87

    D

    ……………………………

    25

    Q

    ……………………………

    91

    E

    ……………………………

    31

    R

    ……………………………

    92

    F

    ……………………………

    33

    S

    ……………………………

    95

    G

    ……………………………

    37

    Sh

    ……………………………

    100

    G‘

    ……………………………

    38

    Ch

    ……………………………

    101

    H

    ……………………………

    38

    T

    ……………………………

    102

    I

    ……………………………

    39

    U

    ……………………………

    114

    J

    ……………………………

    57

    V

    ……………………………

    116

    K

    ……………………………

    59

    X

    ……………………………

    118

    L

    ……………………………

    65

    Y

    ……………………………

    121

    M

    ……………………………

    67

    Z

    ……………………………

    124

    N

    ……………………………

    81




    Foydalanilgan adabiyotlar .

    125

    O

    ……………………………

    84












    KIRISH
    Iqtisodiyot tarmoqlarining jahon miqyosida innovatsion rivojlanishi va hozirgi globallashuv hamda integratsiya jarayonlarining jadallashuvi sharoitida iqtisodiy sohada yangi tushunchalar, atamalar paydo bo‘lmoqda. Shu boisdan bugungi kunda yangi paydo bo‘layotgan iqtisodiy atamalarni iqtisodiy nuqtai nazaridan izohlash muhim ahamiyat kasb etadi.
    Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda talabalarni o’quv adabiyotlar bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlar, xususan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning nashr etilishi diqqatga sazovor. Biroq iqtisodiy atamalar izohi keltirilgan lug‘atlar soni sanoqli.
    Mazkur “Iqtisodiy atamalar lu‘gati: Iqtisodiyot” nomli lug‘at aynan ushbu yuqorida keltirilgan masalalarga qisman echim sifatida tuzildi.
    Ushbu kitobda o‘quvchiga iqtisodiy fanning asosiy tamoyillarini va murakkab iqtisodiy jarayonlarni tushunishga yordam beradigan asosiy atamalar va ularning izohi keltirilgan. Iqtisodiyot bo‘yicha bilim darajasidan qat‘iy nazar, ushbu lug‘at sohaga qiziqqan har bir shaxs uchun ishonchli yordamchi va ma’lumot manbai bo‘ladi degan umiddamiz.
    A
    Abstrakt mehnat – aniq shakildagi qat’iy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
    Adaptatsiya – xodimni mehnat faoliyati mohiyati va shart-sharoitlariga moslashtirish (ko‘niktish) jarayoni. Adaptatsiyaning kasbiy, psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik turlari farqlanadi.
    Agent – turli kelishuvlarni tayyorlash, ayrim ishlarni bajarishda boshqa shaxs (yuridik yoki jismoniy) hisobidan va uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs. Savdoda savdo agenti bilan ishlab chiqarish korxonasi, firmasi yoki xususiy shaxs kelishadi va kelishuv asosida ishonch qog‘oziga tayanib, faoliyat yuritadi.
    Agrar inqirozlar - qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
    Agrar islohotlar – yerlardan foydalanish tizimida davlat tadbirlari. Mamlakatlar va ularning tumanlari iqtisodiy geografik sharoiti va tarixiy xususiyatlari islohotlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, tasarruf etish,undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonidagi vujudga keladigan munosabatlar.
    Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq sohalardagi namoyon bo‘lish shakli.
    Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
    Agrosanoat majmuasi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish,uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetqazib berish bilan bog‘liq xo‘jalik tarmoqlarining birligi.
    Aholi daromadi - ma’lum vaqt ichida uy xo'jaliklari tomonidan olingan pul yoki natural formadagi mablag'lar.

    Download 146,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.