|
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
|
bet | 7/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKAsosiy vositalarning qoldiq qiymati - bu asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan yig‘ilgan eskirish summasini chegirish natijasida hosil bo‘lgan qiymatdir.
Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati - bu asosiy vositani barpo etish (qurish va oxirigacha qurib yetkazish) yoki asosiy vositalarni sotib olish, ularni olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga topshirish va ularni tayinlanishiga ko‘ra foydalanish uchun ish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa haqiqatda qilingan xarajatlar qiymatidir.
Asosiy vositaning qayta tiklash qiymati - bu asosiy vositaning qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymatidir.
Assortiment – sotish xonasidagi turli-tuman mollarning to‘planishi; ba’zida bir molning turlar, navlarining to‘plami.
Audit - lotincha «audio» sыzidan olingan «u eshitadi» degan ma’noni bildiradi. Audit mustaqil tashqi moliyaviy nazorat bo‘lib, ushbu korxonada ishlamaydigan mustaqil hamda diplomli auditorlar tomonidan olib boriladi.
Auditor firmasi – mustaqil tashkilot bo‘lib, shartnoma asosida korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini tekshiradi va tasdiqlaydi. Tekshiruv davomida auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobining holatini va talabga mos kelishini, moliya-xo‘jalik faoliyati masalalarining haqiqiy holatga mos kelishini nazorat qiladi.
Auksion - ba’zi tovarlarni belgilangan muddatda va tayinlangan joyda sotish usuli (kim oshdi savdosi). O‘ziga xos xususiyati oldindan tovarlar namoyish etilishi va mas’ul sotuvchining ishtirok etmasligi. Xalqaro savdoda ham keng tarqalgan (paxta, oltin, choy, neft mahsulotlari kim oshdi savdosi).
Avizo – o‘zaro hisob-kitob holatidagi o‘zgarishlar, pul o‘tkazilishi, mol jo‘natilganligi haqida axborot hujjati; hisob-kitob ishlari bajarilgani haqida bir tomonning ikkinchisiga jo‘natgan axboroti.
Avtokorrelyasiya - vaqtli qatorlarning keyingi va oldingi hadlari o’rtasidagi korrelyasion bog’lanish hisoblanadi.
|
| |