|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 5/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKAmortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishga mo‘ljallangan pul mablag’lari.
Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik so'mmasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Amortizatsiya vositalari - korxona asosiy fondlarini saqlash va yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
Analitik (tahliliy) ekologiya – organizmlarning tabiiy muhit bilan o‘zaro munosabatlarining asosiy qonuniyatlarini o‘rganish.
Aniq mehnat- muayyan aniq shakilda sarflanib iste’mol qiymatlarning aniq turini vujudga keltirishga qaratilgan mehnat.
Antiinnovatsiyalar – o‘tmishga qaytishga, harakatni orqaga qaytarishga yo‘naltirilgan yangiliklar kiritish, texnologiya, ekologiya, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalardagi innovatsion oqimlar tadqiqotlari.
Aralash iqtisodiyot - mulkchilikni turli-tumanligi, ulaming tengligiga va iqtisodiyotni aralash tartibda boshqarishga asoslangan iqtisodiyot.
Aralash tartibda boshqarish - iqtisodiyotni tartibga solishning o‘z-o‘zini boshqarish bilan iyerarxik boshqarish birgalikda olib boriladi.
Aralash tartibdagi hududlar – quruqlik (kontinent), sayozlikka ega materik (dengiz va okeanlarning 200 metr chuqurlikkacha bo‘lgan shelfi) hamda iqtisodiy mintaqalar.
Arbitraj – xo‘jalik tomonlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qiluvchi hakamlar sudi.
Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bunda bozorda bo‘ladigan savdo-sotiqda bozor qatnashchilaridan bir qismi kerakli, muhim axborotga ega qolgan kism ega emas.
Asosiy fondlar – bu fondlar ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishlatiladi. U uzoq muddat davomida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, emirilishi darajasiga qarab ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi.
Asosiy fondlarning eskirishi - asosiy fondlarning (binolar, qurilmalar va boshqa mehnat vositalarining) asa-sekinlik bilan foydali xususiyatlarini yuqotishi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari eskirishining jismoniy va ma’naviy turlari mavjud.
|
| |