|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 2/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKAholi migratsiyasi - lotinchadan (migratio) ko‘chish, ko‘chirish ma’nocini anglatadi. Turar joyining o‘zgarishi bilan yakunlanadigan aholining hududiy harakati.
Aholi takror pavdo bo‘lishini brutto koeffitsenti - bir ayolning butun umri davomida tuqqan 0 ‘rtacha qiz bolalar soni. Uni aniqlash uchun umumiy tug‘ilish koeffitsentini 0,49 (barcha tug‘ilganlar tarkibida qiz bolalar salmog'i) ga ko‘paytiriladi.
Aholini takror pavdo bo‘lishi netto koeffitsenti - butun umri mobaynida bir ayol tuqqan bolalarining o‘rtacha soni, ular onasi tuqqan vaqtidagi yoshigacha yashaganlar.
Aholining farovonligi – bu ma’lum bir jamiyatda yoki ijtimoiy sharoitdaqabul qilingan standartlar yoki me’yorlar bilan taqqoslaganda, inson yoki uy xo‘jaligining moddiy va nomoddiy (shu jumladan ma’naviy boyliklar) ehtiyojlarini mutlaq va nisbiy jihatdan qondirish darajasidir. Farovon hayot tushunchasi moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning umumlashtirilgan majmuasini qondirish demakdir. Aholining farovonligi ma’lum bir mamlakatda aholining sog‘lom hayotini saqlab qolish uchun iste’mol tovarlari va zarur xizmatlarni sotib olish darajasi, shuningdek, jamiyat ichida ishlash yoki boshqa biron-bir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyati bilan bog‘liq.
Aholining minimal iste’mol byudjeti – har bir oila a’zosining ish kuchini qayta tiklashi uchun zarur mablag‘ miqdori. Bunda zarur iste’mol mollarining, xizmatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi va oilaning har bir a’zosiga pul birligida hisoblanadi.
Aholining xarid qobiliyati – aholining bozordagi vujudga kelgan narx asosida mollarni, xizmatni xarid qilish imkoniyati. Aholining xarid qobiliyati bozor sig‘imini belgilashda etakchi o‘rin egallaydi.
Akkord ish haqi – shartnoma asosida, ishbay usulda bajarilgan ish uchun bir yo‘la to‘lanadigan ish haqi.
Akkreditiv – naqd pulsiz hisob-kitob bo‘ladigan bank schetining turi; kredit muassasasidan olish mumkin bo‘lgan, aniq oluvchi ko‘rsatilgan qimmatbaho qog‘oz.
Akselerator – 1. Sof investitsiyalar darajasi bilan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkich. 2. Multiplikatorga teskari bo‘lgan koeffi tsiyent bo‘lib, milliy daromad o‘sishining investitsiya o‘suviga ta’sirini ko‘rsatadi 3. Iqtisodiyotda iste’molchilik sarf-xarajatlar hajmi o‘zgarishi bilan yuzaga keladigan kapital qo‘yilmalar hajmi o‘zgarishini tavsif etuvchi ko‘rsatkich. Akseleratsiya prinsipining mohiyati shundan iboratki, iqtisodiyotda iste’molchilik xarajatlari dinamikasi investitsiyalar hajmi dinamikasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: iste’molchilik xarajatlarining sezilarli o‘sishi investitsion faollikni yuzaga keltiradi, rag‘batlantiradi va aksincha.
Aksept – tashkilotlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisoblashishning bir shakli; takliflarni qabul qilish, kelgan hujjatlarga va molga pul to‘lashga rozilik berish ifodasi.
|
| |