|
Avtomatik (o'rnatilgan) barqarorlashtirgichlar
|
bet | 8/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKAvtomatik (o'rnatilgan) barqarorlashtirgichlar - byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy tebranishlaming ta’sirini avtomatik zaiflashtiruvchi elementlari.
Avtomatik stabilizatorlar – bu biznes sikli jarayonida xarajatlar, iste’mol va daromadlarni qamrab oladigan soliq stavkalarini hamda pul o‘tkazmalari va shu kabilarni avtomatik ravishda amalga oshiriladigan mamlakat siyosatidir.
Avtonom iste’mol – shaxsiy iste’mol xarajatlarining yalpi milliy daromad (shaxsiy tasarrufdagi daromad – ShTD) o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan qismi. ShTD nolga teng bo‘lganda ham avtonom iste’mol toplangan mulk va jamg‘armalarning kamayishi yoki qarz hisobiga amalga oshirilaveradi.
Avtonom investitsiyalar – asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan qismi.
Aylanma fondlar – bu fondlar odatda ishlab chiqarish jarayonlarida bir marta ishlatilib, ularning har birida yangilanadi va o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga to‘la o‘tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari - ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, o‘rov materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyotqismlar va hokazo). Har bir ishlab chiqarish siklida to‘liq sarflanadi hamda korxonaning aylanma mablag’lari hisobiga sotib olinadi.
Aylanma kapital – bu unumli kapitalning bir doiraviy aylanishi davomida ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadigan o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tqazadigan va ashyoviy –buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi.
Aylanma mablag’lar - ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o‘zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag’larining pul shaklida ifodalanishi.
Aylanma mablag'ning aylanishi - takror ishlab chiqarish jarayonida aylanma mablag‘ning harakat tezligini ifodalovchi ko'rsatkich. U ikki xil ifodalanadi: a) aylanish koeffitsenti (o'rganilayotgan davrda aylanma mablag'laming aylanish soni) b) necha ishchi kunda bir marta aylanishi (aylanma mablag'laming o'rtacha qoldig'ini davr mobaynidagi kunlar soniga ko'paytirilib, sotilgan mahsulot tannarxi hajmiga bo'linadi).
|
| |