• Barqaror rivojlanish
  • Bazis texnologik innovatsiyalar
  • Befarqlik chizig‘i (indifference curve)
  • Bevosita usullar
  • Bilvosita usullar
  • Bankrot – to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdor. Bankrotlik




    Download 146,5 Kb.
    bet11/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Bankrot – to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdor.
    Bankrotlik - to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan qarzdor, ya’ni qarzlarni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tugatilayotgan yuridik va jismoniy shaxs. Fuqaro, kompaniya yoki korxonaning mablag‘i yo‘qligi moliyaviy inqiroz sababli o‘z majburiyatlarini to‘lashdan voz kechishi.
    Barqaror rivojlanish – jamiyatning uzluksiz taraqqiyotini ta’minlovchi hamda atrof-muhit va tabiatga zarar yetkazmaydigan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatlangan rivojlanish sifatida belgilanishi mumkin.
    Barter – savdo-sotiq faoliyatining bir turi bo‘lib, mahsulot ayriboshlash pul to‘lovisiz sodir bo‘ladi. Almashuv mahsulotlar narxi, xalqaro va ichki bozor narxlari, sifati, etkazib berish shartlari hisobga olinib, ular o‘rtasidagi nisbat o‘rnatiladi.
    Bazis texnologik innovatsiyalar – yangi avlod texnikasi (texnologiyalari) va texnologik ukladlarini o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
    Bazisli innovatsiyalar - bu yangi ilmiy tamoyillarga asoslangan ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi mahsulot va jarayonlarga yo‘l ochib beruvchi yirik ixtirolar asosida vujudga kelgan innovatsiyalardir.
    Befarqlik chizig‘i (indifference curve) - shaxs uchun bir xil naf beradigan bo‘sh vaqt, ish vaqti va ish xaqi (daromad) kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
    Bertran muvozanati (Bertrand equilibrium) - bozor duopolii bo‘lganda firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali bir biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli xarajatga teng bo‘lganda muvozanat holat barqarorlashadi.
    Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari.
    Bilvosita soliqlar – tovar mol mulki narxidan qimmatga, ustiga qo‘yib sotish yordamida davlat xazinasiga kelib tushadigan soliqlardir. Masalan, aksizlar, bojlar va boshqalar.
    Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bankrot – to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdor. Bankrotlik

    Download 146,5 Kb.