|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 12/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKBiologik “xizmatlar” – inson salomatligiga tabiat sokinligi, toza havo, jismoniy toliqishning ketishidan keladigan foyda.
Birja - belgilangan tartib-qoidalari asosida (ochiq va oshkora savdolar shaklida amalga oshiriluvchi birja) savdosini tashkillashtirish va tartibga solish orqali tovar, xomashyo, mahsulot, qimmatli qog‘ozlar, valuta va shu kabilaming ulguiji bozorlarini shakllantirishda ishtirok etuvchi yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan korxona.
Birlamchi bandlik - bu asosiy ish bilan, ya’ni daromadning asosiy qismini beruvchi faoliyat turi bilan band boiishidir.
Birlamchi daromad - institutsion birliklar tomonidan milliy daromadning birlamchi taqsimlash natijasida olingan daromadlar: ish haqi, mulkdan olingan daromadlar, foyda, aralash daromad, ishlab chiqarish va import solig'idan iborat.
Birlamchi hujjatlar - buxgalteriya hujjatlari bыlib, xo‘jalik jarayoni sodir bo‘lgan vaqtda tuziladi va ularning sodir etilganligi haqida birlamchi guvohnoma hisoblanadi. To‘ldirilgan birlamchi hujjatlar xo‘jalik jarayonlarining hisobda aks ettirishning boshlanishidir. Birlamchi hujjatlarga kassaning kirim va chiqim orderlari, yuk xatlari, qabul qilish va topshirish dalolatnomalari, naryadlar, pattalar va boshqalar misol bыladi.
Biznes - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sub’ektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yuli bilan foyda olishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyati.
Biznes farishtalar - bu hech qanday garov ta’minotisiz, yuqori o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompaniyalami shaxsiy mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradigan badavlat kishilardir.
Biznes g‘oyani shakllantirish - bu potensial iste’molchilaming muhim muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini muntazam baholash asosida qiymat yaratish g‘oyasini faol shakllantirishning murakkab jarayonidir.
Biznes inkubator - bu kichik korxonalami boshlang‘ich faoliyatini yanada rivojlantirish uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratib beruvchi va unga qator majmuali xizmatlar va resurslar tavsiya etuvchi muassasa.
Biznes reja - korxona faoliyati dasuri, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o‘z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.
|
| |