|
Davlat xarajatlari multiplikatori
|
bet | 20/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKDavlat xarajatlari multiplikatori – hukumat xarajatlarining o‘zgarishini iqtisodiy ishlab chiqarish muvozanatli darajasi o‘zgarishiga nisbati. Oddiy iqtisodiy modeldan foydalangan holda, davlat xarajatlari multiplikatori jamg‘armaga cheklangan moyillik (MPS) bilan teskari bog‘liqligini ko‘rsatishi mumkin.
Davlatning fiskal siyosati - bu soliq-budjet siyosati bo‘lib, u soliqlar vositasida budjetga mablag‘lami jalb qilish hamda uni iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar uchun sarflashni nazarda tutadi.
Davlatning innovatsion siyosati - iqtisodiyotni rivojlantirish va iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilish maqsadida mamlakat innovatsion salohiyatini samarali qo‘llash, innovatsiyalami amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi maqsadli faoliyati tushuniladi.
Davlatning iqtisodiy siyosati - bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta’minlash va inflatsiyaning oldini olish orqali aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir.
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o ‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
Davlatning monetar siyosati - bu pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini tartiblashni ko'zda tutadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati — xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlarni ta’minlash borasidagi davlat faoliyatining yo‘nalishi va sohasi, shuningdek, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq chora- tadbirlar yig‘indisidir.
Davrga xos innovatsiyalar – inson bilimining rivojlanishidagi asosiy o‘sish, ular uzoq muddatli rivojlanishning asosi bo‘lib, dunyoda keng tarqalganligi uchun ularni davrga xos yangiliklar kiritish deb atash mumkin. Iqtisodiy tarixning o‘zgaruvchan yo‘nalishini ulardan har biri o‘sish tavsifnomasiga ega bo‘lgan davrga xos yangiliklar kiritish bilan ifodalanuvchi iqtisodiy davrlarga bo‘lish imkonini beradi.
|
| |