|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 19/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKD
Da’vo - da’vo qo‘zg‘atuvchining talabi. Korxonalar ularga qarzdorlarga (debitorlarga) o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzlik summalar uchun da’vo qo‘zg‘atishlari lozim. Da’vo moddiy zarar keltirganlarga nisbatan asosli ravishda qo‘zg‘atilishi zarur.
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR) - sotilgan tovar miqdorini narxga ko‘paytirilganiga teng, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum.
Daromad samarasi (income effect) - iste`mol majmuasiga kiruvchi ne`matlardan birining narxi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan real daromad hisobidan iste`mol tarkibini o‘zgarishi.
Daromadlar – korxona, tashkilot, firmalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firmasi, do‘konning daromadi molning xarid narxi bilan sotilish narxi o‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Daromadlar usuli - bu YAIMni rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan barcha daromadlar summasiga teng deb ham hisoblash mumkin.
Davlat - iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy ehtiyojlami qondirishga xizmat qiluvchi muassasalar.
Davlat antimonopol siyosati - monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi.
Davlat budietining taqchinligi - xarajatlar summasining daromadlar summasidan ortiq bo'lishi. Doimiy baholar - ba’zi baho sifatida olingan qandaydir joriy davr bahosi; Uni fizik hajm indikatorini aniqlash uchun ishlatiladi. Ular odatda 5 yilda bir o'zgartiriladi.
Davlat budjeti - bu davlat xarajatlari va ulami moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir.
Davlat fiskal siyosati - bu davlat budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
Davlat krediti - bunda davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz beruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish - bu davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
|
| |