|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 17/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKBuxgalteriya balansi - bu xo‘jalik yurituvchi subektlarning mablag‘larini ularning holati, joylanishi, foydalanishi va manbalari bo‘yicha qayd yetish usulidir. Buxgalteriya balansi ma’lum sanaga xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy holati tog‘risida umumlashtirilgan pul ifodasida aniq tasavvur beradigan buxgalteriya hisobining hujjati bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi - xo‘jalik hisobining hisob turlaridan biridir. Buxgalteriya korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalar xo‘jalik faoliyatini to‘liq, hamma jarayonlarini uzluksiz hujjatlashtirish va nazorat qilishdir. Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot, muassasa, vazirlik va boshqarmalarning faoliyat ko‘rsatish vaqtidan tugatilish vaqtigacha bo‘lgan faoliyatini hujjatlarda aks ettirib boradi. Buxgalteriya hisobi yozuvlari har tomondan tekshirilgan hujjatlar asosida olib boriladi, bu buxgalteriya hisobining nazorat ahamiyatini, ma’lumotlar to‘g‘riligini, hisob ko‘rsatkichlari aniqligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi schetlari - xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining alohida moddalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni olish usuli. Xo‘jalik jarayoni natijasida mablag‘lar va ularni tashkil topish manbalarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlarni o‘rganish, hisobda aks ettirish uchun buxgalteriya hisobining schetlaridan foydalaniladi. Schetlar soni va nomlanishi buxgalteriya schetlarining rejasida belgilanadi. Buxgalteriya hisobi qanday tashkil etilganligi, qaysi usuldan foydalanilayotganligi va ob’ektning turiga qarab, schetning tuzilishi va tashqi ko‘rinishi turlicha bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari - bu asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalaridir.
Buxgalteriya hisobining registrlari - bu ikki yoqlama yozish usuliga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnoma(vedomost)lar, kitoblar va tasdiqlangan blank(shakl)lardir.
Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi - bu korxonalarning operatsiyalarini joriy hisobi uchun tayinlangan va ma’lum tartibda raqamlangan buxgalteriya hisobining sintetik schetlarning tizimga solingan ro‘yxatidir.
|
| |