|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 25/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKEksport operatsiyasi – mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Eksport subsidiyasi (export subsidy) - savdoni notarif cheklashlar shakllaridan biri, bunda hukumat o‘z eksportini rag‘batlantirsh va importni yashirishga kamsitish maqsadida mamlakatning ishlab chiqaruvchilarini ochiqdan-ochiq yoki niqobli ko‘rinishda subsidiyalaydi.
Eksportni «ixtiyoriy cheklash» (volutary export restraint- VER) - notarif savdo cheklovlari shakllaridan biri, bunda mamlakatlardan biri boshqa mamlakatni eksportni «ixtiyoriy ravishda» cheklashga undaydi.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – qo‘shimcha ish kuchi ishlab chiqarish vositasi va resurslarini jalb qilish hisobiga, ya’ni mehnat va moddiy resurslarni ko‘proq qo‘llash hisobiga o‘sish. Bunda oddiy mehnat sarflari qisqarmaydi, mehnat unumdorligi oshmaydi.
EKYu (European currency unit)-12 mamlakatning valyuta xaltasi bazasida hisoblangan umuiy Yevropa valyutasi. Har bir valyutaga berilgan vazn alohida olingan mamlakatlarning Yevropa hamjamiyati YaMM ga nisbatan hissasini aks ettiradi.
Elastiklik (elasticity) - talab va taklifga ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi natijasida ularni qanchaga o‘zgarishi tushuniladi (narxni, daromadi, iste’molchilar soni va hokazo).
Embargo (embarqo)-mamlakat bilan savdo qilishga to‘liq taqiqning joriy etilishi.
Emigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Emissiya - pul yoki qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va muomalaga chiqarish.
Eng yirik ixtirolar – har o‘n yillikda ham paaydo bo‘lavermaydi va davrga xos bo‘lgan yangiliklar kiritish, yangi texnologik ukladlar va ishlab chiqarishning yangi texnologik usullari, jamiyatdagi o‘zgaruvchan moddiy-texnika bazasi uchun asos hisoblanadi.
Engel chiziqlari - iste`mol qilingan tovarlar miqdorini iste`molchi daromadining o‘zgarishidan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi chiziq.
Erkin iqtisodiy zonalar – bu qo‘shma sohibkorlik zonalari, xorij kapitalining erkin amal qilishi uchun ajratilgan maxsus hudud.
|
| |