|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 24/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKDiversifikatsiya - 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va kushimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida kengaytirish va rivojlantirish.
Dividend - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo‘lib, aksiyadorlar o‘rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni va boshqa to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi.
Djobber – yirik miqdordagi tovarlarni tez sotib yuborish maqsadida xarid qiladigan firma.
Dotatsiyalashgan narx - davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxdir.
E
Egri xarajat - mahsulot tannarxiga ustama bo‘lib, narxda aks etadigan xarajatlar.
Ehtimol (probability) - ma`lum natijaga erishish imkoniyati.
Ehtiyoj (needs) - insonni, korxonani faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar. Ehtiyoj - bu insonlarni iktisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga undaydigan ichki kuch.
Ehtiyoj- insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyati.
Ekologik prognozlar – atrof-muhitdan foydalanish holatini, tabiiy muhitning ifloslanish muammolarini, o’simlik va hayvonot dunyosining rivojlanish istiqbollarini, qishloq xo’jaligi hosillarining unumdorligini, salbiy ekologik oqibatlarni minimallashtirish maqsadida ishlab chiqarishni amalga oshirish imkoniyatlarini tadqiq etadi.
Ekspansiya – unda o‘zaro hamkorlikni tashkil etish ilgari boshqa kelishuvlar hukmronlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari asosida amalga oshadigan kelishuvlar nisbati.
Eksport – tovarlar, xizmatlar va kapitalni sotish maqsadida chet el bozorlariga chiqarish; eksport import bilan bir qatorda xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog‘langan va tashqi savdoning tarkibiy qismidir. Eksportning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 1. Tovar eksporti – bunda moddiy ne’matlar chetga chiqariladi. 2. Xizmatlar eksporti – bunda xorijdag isheriklarga to‘lov evaziga turli xizmatlar ko‘rsatiladi.
|
| |