• Farovon turmush darajasi
  • Filial (branch)
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet26/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Erkin narxlar - talab va taklif ta’sirida shakllanadigan narxlardir.
    Erkin savdo siyosati (trec trade) - xalqaro savdoga asosan talab va taklifning erkin kuchlari ta’sirida rivojlanish imkonini beradigan siyosat.
    Erkin savdo zonalari - iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
    Extimol (probability) - ma’lum natijaga erishish imkoniyati.


    F
    Faktoring – moliya-tijorat xizmatining turi bo‘lib, bunda bank yoki boshqa moliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlarini, majburiyatlarni o‘ziga oladi.
    Fan-texnika taraqqiyoti (FTT) - Fan va texnika yutuqlarini joriy etish bazasida ishlab chiqarish va xizmatlar sohasining barcha tomonlarini uzluksiz takomillashtirish.
    Farovon turmush darajasi – insonning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan imtiyozlardan qoniqarli darajada foydalanish.
    Fermer xo‘jaligi – bu o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
    Fifo - tovar-moddiy zaxiralarini birinchi kirim qilingani yoki birinchi tayyorlangani uchun bahosi bo‘yicha hisobga olish usuli, bankdan ba’zi turdagi hissalarining (vklad) anchagina qismini olishda foiz hisoblash usuli, qaysiki, olinayotgan summa dastlabki qabul qilingan щissa hisoblanadi.
    Filial (branch)- bevosita investorga tegishli bo‘lgan korxona.
    Filips egri chizig‘i – ishsizlik darajasi va narxlarning yillik o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi egri chiziq. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi bog‘liqlik ingliz iqtisodchisi A.Y. Filips tomonidan Buyuk Britaniyaning 1862-1957-yillardagi ma’lumotlari asosida tadqiq etilgan. Unda inflyatsiyaning sur’ati past bo‘lsa, ishsizlikning darajasi yuqori bo‘ladi va aksincha. Muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida barqaror va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lgan bog‘liqlikni o‘rnatish, milliy iqtisodni tartibga solish va istiqbolini belgilash imkonini beradi.
    Firma – ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.