|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 28/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKFond birjasi- qimmatli qog‘ozlarning uyushtirilgan ikkilamchi bozori.
Fond qaytimi - asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so‘miga to‘g’ri keluvchi mahsulot miqdori.
Fond sig’imi -fond qaytimiga teskari bo‘lgan nisbat. Asosiy ishlab chiqarish fondlari o‘rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida hisoblanadi.
Fondlar bilan ta’minlanganlik - asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har bir xodimi yoki ishchisiga to‘g’ri keluvchi hajmi).
Fondlarning aylanishi – bu moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab chiqarish va muomala sohalari orqali harakat jarayonidir.
Fors-major- oldindan kutilmagan hodisa; bitimda ishtirok etadigan taraflarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan, lekin shartnoma majburiyatlarining buzilishiga olib keladigan hodisa, masalan, tabiiy ofat, harbiy harakatlar va hakazo hollar.
Forvarda kontrakti (forward cjntract)- kelgusida valyutaning muayyan sanaga kontraktni tuzish paytida belgilangan narx bo‘yicha oldi-sotdisi to‘g‘risidagi kelishuv.
Foyda - korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijalari; pul tushumi va xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Foyda (buxgalteriya) - mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan yalpi xarajatni (tashqi xarajatni) ayrilganiga teng.
Foyda normasi - foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan nisbatining foizdagi ifodasi.
Foyda va aralash daromadlar - yalpi qo'shilgan qiymatning bir qismi bo'lib, u ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va import solig'ini to'lagandan so'ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan daromadni hisobga olmagan holda ishlab chiqarishdan olingan foyda yoki zarar summasini ifodalaydi. Bu uy xo'jaliklariga qarashli nokorparativ korxonalarda bu mulk egasi va tadbirkor daromadidan ajratib bo'lmaydigan mehnat uchun to'lovlar elementini ham o 'z ichiga oladi. Shuning uchun uni aralash daromad ham deyiladi.
|
| |