• Hududiy mehnat taqsimoti
  • Huquqiy shaxs
  • Ichki milliy mahsulot
  • IDTTS usullari
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet31/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Hissadorlik jamiyati – ko‘proq foyda olish maqsadida mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini birlashtirgan uyushmadir.
    Hozirgi zamon puli - tovarlami ayirboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umum ko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonuniylashtirilgan vosita.
    Hududiy mehnat taqsimoti – muayyan mamlakat doirasida ayrim hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Har bir hudud doirasida ham ichki ixtisoslashuv yuz beradi.
    Hududning innovatsion salohiyati - uning yalpi innovatsion imkoniyatlari, takror ishlab chiqarish jarayonida innovatsion faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi va hududning yalpi innovatsion resurslari bilan ifodalanadi.
    Huquqiy shaxs - fuqarolik sub’ekti sifatida faoliyat yurituvchi, musaqil balans, gerbli muhr va bankda hisob raqamiga ega, Nizom asosida faoliyat yurituvchi hamda baknrotga uchraganda o‘z mulki bilan javob beruvchi korxona.


    I
    Ichki axborotlar - korxona faoliyatiga tegishli bo‘lgan hali rasman e’lon qilinmagan ma’lumotlar. Birja bitimlarini tuzishda ichki axborotlardan foydalanish noqonuniy hisoblanadi.
    Ichki milliy mahsulot - bir yil davomida mamlakat hududida vujudga keltirilgan va bevosita itte’molchilarga yetib boradigan barcha tayyor tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati.
    Ichki xarajatlar - korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
    IDTTS maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.
    IDTTS usullari - tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy dastaklari birligidir.
    Ijara - mulkni ma’lum bir haq to‘lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g’risidagi shartnomaga asoslangan holda yollash.
    Ijara xaqi (to‘lovi) - yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga to‘lanadigan pul mikdori.
    Ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.